avatar
Куч
591.20
Рейтинг
+246.60

Samarqand VMI

Мақолалар

Ajdodlar yodi muqaddas!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

     Biz bugungi kunimizni moziyning zarvaraqlariga nazar tashlagan holda boyitib boramiz. Moziy bizning ma’naviyatimiz va ongimizning to`xtovsiz yangilanishini ta’minlaydi. Muxtaram Yurtboshimiz aytganlaridek “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” va bu asli haqiqat. Ayni paytda she’riyat bilan tanish bo`lmagan, uning ko`chasiga kirmagan odamni topish juda mushkul. She’riyat qasrining yaratilishiga ko`plab shoirlar, shohlar, gadolar va xalqlar o`z hissalarini qo`shishgan. Ammo alohida she’riyat mulkining sultoni deya Mir Alisher Navoiy bobomizni va uning davomchilari sifatida shoh va shoir Mirzo Boburni e’tirof etmay ilojimiz yo`q. Har bir so`zning o`zgacha bir ishlatilish xususiyatini, uning mohiyatini o`z zamonasida chuqur anglab yetgan buyuk bobokalonimiz A.Navoiy nafaqat she’riyat dunyosini, balki so`z sehri va sirlarini o`z asarlarida yozib ketganligi ma’lum. Mana shuncha yildirki ularning asarlarining kengroq talqin qilinishi ularning barhayot ekanligini, o`z zamonasidayoq kelajak haqida fikr bildirib insoniyat aqli barcha narsadan ustun ekanligini isbotlab ketganlar. Navoiyshunos olimlar hamda Bobur ijodi bilan qiziquvchi bir qator olimlar, shoirlar va adabiyotshunoslar ularning ijod namunalarini yil sayin, yangidan-yangi qirralarini kashf etib kelmoqdalar. Adabiyotshunoslarning talqiniga ko`ra, Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Iskandar oynasi bo`lmish zamonaviy televediniya va internet alomatlari haqida fikrlar bildirilgani, “Saddi Iskandariy” dostonida esa suv osti kemalari haqida, “G`aroyib us-sig`ar” devonida “Men bir muhandis topib, o`zimga qanot buyurtirsam, qushlarga qo`shilib osmonga ucholsam” deya bildirgan fikrlari bugunda bizning samolarimizni keng quloch yoygan qanotlari bilan to`ldirib yurgan samolyotlar haqida yozganligi o`sha zamonlardayoq inson ongi bilan mana shunday ishlar kelajakda amalga oshirilishini oldindan ko`ra bilgan. Bunday mo`tabar zotlarning asarlari mana shunday holatda o`zini namoyon etishdan to`xtamas ekan ular biz bilan birga yashayveradi. 


Bu gulshan ichra yo`qdur baqo guliga sabot,


Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot.


    Bu misrani yozgan olim misraga monand shaxs bo`lib olamni jismlari ila tark etdilaru, ammo o`zlaridan qolgan yaxshi nomlari bilan oramizga qaytib keldilar. Zero Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek “Inson qalbining quvonchu qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi” deya ta’kidlagan fikrlari ayni haqiqat. Bu yil Alisher Navoiyning 574 yillik tavalludining nishonlanishi uning barhayot ekanligi va bundan so`ng ham bizning va kelajak avlodlarimizning hayot yo`llarini yoritib borguvchi bir sham misoli, hayot timsoli sifatida ulug`lanishiga aminmiz. Zero xalq mana shunday mutafakkirlarni, ularning mehnatlari samaralarini qadrlaydi.  


O`zbek tili va chet tillar kafedrasi o`qituvchilari


F.Davronova,    Y.Ismatova, I.Xaydarova

Sevishganlar kuni – ma’naviy tanazzul o‘chog‘i!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

     Bayramlar  inson qalbiga zavq bag‘ishlaydigan, bor gina-kuduratlarni unutishga xizmat qiladigan sehrli olam jabhalaridir. Ular ajdodlardan meros qolgan urf-odatlarimiz, ananalarimizga yo‘g‘rilib, tariximizni xotirlaydi. Ayniqsa, tanti o‘zbek xalqining milliylik ufurib turgan Navro‘z, Hosil bayramlari, qovun sayli-yu muborak Hayit ayyomlari azaliy qadriyatlarimizning eng ulug‘i hisoblanadi, ular boy o‘tmishimizni e’zozlaydi. O‘tgan yaxshi kunlarni eslab, har lahzang bayram bo‘lishini istaysan kishi. Lekin tantana qilinadigan shunday kunlar borki, ulardan hatto, hazar qilish hech gap emas.


«Sevishganlar kuni» deya atalgan 14-fevral kuni ana shunaqa «bayram»lar sirasiga kiradi. Yaqin-yaqingacha bu sana shoh hamda shoir bobomiz Zahiriddin Bobur tavallud kuni sifatida eslanardi. Asta-sekinlik bilan G‘arbdan kirib kelgan «sevgi kuni» tushunchasiga keng jamoatchilik loqayd qaragani tufayli bugun uning yurtimizda ildiz otib borayotganini, internet saytlarida, uyali aloqa telefonlari orqali yigit-qizlar bir-birlariga «sevgi izhorlari» jo‘natayotganini kuzatish mumkin. Bundan tashqari, har turli restoran, mehmonxonalardagi davralar, kechalarda, hattoki, konsert zallarida bu kunning bayram sifatida nishonlanishi achinarli hol, albatta. «Nega endi, buning nimasi yomon? Sevgini Alloh sevgan bandasiga beradi-ku?!», qabilidagi tanqidlar ham yo‘q emas.


Birinchidan, sevgi – bu ilohiy pok tuyg‘u, balki shuning uchun ham uni asrashimiz, boshqalarga ichki kechinmalarimiz haqida jar solmasdan,uni tanho qalbda tuyishimiz kerakdir? U birovga ko‘z-ko‘z qilish uchun berilmaydi.


Ikkinchidan, bu behayolik kunining kelib chiqishi aslida nimaga borib taqalishini bilishimiz lozim. Eramizdan oldingi davrlardagi qadimgi Rimda bolalar o‘limi ko‘payib, ayollarning farzand ko‘rolmasligi ular to‘g‘risida «yomon ayol» degan haqoratli fikrlarni uyg‘otgan. Odamlarni mamlakat kelajagining shakllanish darajasi tashvishga sola boshlagan. Qandaydir bir donishmand buning echimi sifatida muhabbat ilohi Juna Februata va xudo Favnlarning nomiga echki qurbonlik qilib, shu hayvonning terisidan tayyorlangan tasma bilan ko‘chada ko‘zga ko‘ringan ayyollarni kaltaklashlari, ayollar ham bunga o‘z ixtiyorlari bilan rozi bo‘lishlari kerakligini, so‘ng ko‘ngilxushlik qilishlari-yu, oqibatda hamma baxtga erishishini aytadi. Buni amalga oshirish uzoqda tursin, shunday o‘ylashning o‘zi naqadar tubanlik! Har qanday farzand  Alloh nazdida muqaddas nikoh mevasidir, baxtga etishmoqlik uchun bunaqa qabih yo‘ldan borish makruh, menimcha.                                                                                                                                                                                  


           Avvaliga, ushbu marosimlar «Luperkaliy» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Keyinchalik Rim imperatori Klavdiy II o‘z qo‘shinidagi askarlarni mahkam saqlash uchun bu namoyishlarni bekor qiladi, uylanishni taqiqlab qo‘yadi. CHerkov xizmatchisi avliyo Valentin esa sevishganlarga engillik yaratish maqsadida ularga yordam beradi, o‘zi ham bir qizga ko‘ngil qo‘yadi. Bulardan xabar topgan imperator uni 14-fevral kuni qatl ettiradi va shu-shu mazkur sana rimliklar xotirasida «Valentin kuni» deya muhrlanadi.


     Demak, biz sevishganlar bir-biriga dilidagini izhor qilib, sovg‘alar, «Valentinka»lar ulashadigan kun aslida televidenielarda bong urayotgan behayolik, sharmandalik kuni ekanligi kimni afsuslantiradi, kimni o‘yga soladi, yana kim beparvo. Bu bayramni SHarqqa targ‘ib qilayotgan kimsalarning asl maqsadi ham shu loqaydlik evazidan amalga oshyapti. Ular o‘zlarining urf-odatlari, ananalarini sodda xalqimizga, ayniqsa, g‘o‘r yoshlarning ongiga singdirishga harakat qilishyapti. Biz esa bunday yot illatlar o‘ljasi bo‘lishdan himoyalanishimiz kerak. Ozod va obod yurtimizining har qanday mustaqil fikrlay oladigan zukko farzandi nafaqat chetdan kirib kelayotgan bunday yomon odatlar, balki diniy ekstremizm, aqidaparastlik, missionerlik, terrorizm, giyohvandlik kabi vayronkor g‘oyalarni ilgari suruvchi harakatlarga ham qarshi kurasha olishimiz, mafkuraviy immunitetimizni mustahkamlamog‘imiz lozim.  Axir, biz yoshlar yurtboshimiz I.Karimovning:  "… yoshlarimiz nafaqat o‘tmishimiz yoki bugunimizning ishonchi, balki ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchlaridir", deya bildirgan etirofiga munosib avlod bo‘lib vyoyaga etishimiz, bu ishonchni oqlashimiz kerak.  Qachonki, yurt farzandlari sog‘lom bo‘lsa, u qudratli bo‘ladi! Ishonamanki, mening oqil tengdoshlarim  bobolarimizdan yodgor – milliylikni yo‘qotmagan, doimo ogoh va mag‘rur holda Vatanimizni begona ta’sirlardan himoya qiladi va uning yanada taraqqiy topishida hissa qo‘shadi.


 


Keling do‘stlar, unutmaylik nomimizni,


Moziy bitgan ming asrlik shonimizni,


Ko‘taraylik yuksaklarga yurtning qadrin


Alishmaylik birovlarga orimizni!


 


Boymurodova Iroda


Samarqand qishloq xo’jalik instituti


Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 


304-guruh talabasi

Buyuk bobolarimizni yod etib

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

            Barchamizga ma’lumki shu kunlarda Respublikamiz bo’ylab, buyuk mutafakkir  Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 hamda shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 532 yilligiga bag’ishlangan  adabiy –badiiy anjumanlar o’tkazilmoqda.   uddi shunday anjuman Samarqand qishloq xo’jalik instituti katta majlislar zalida 11-fevral kuni “Ajdodlar yodi-muqaddas” shiori ostida bo’lib o’tdi.


          To’rtyuzdan ziyod ishtirokchilarni qamrab olgan tadbirni institut rektori professor T.E.Ostonaqulov kirish nutqi bilan ochib berdi va A.Navoiy hamda M.Bobur hayoti, ijodi xususida takidlab o’tdi.


    Anjumanda Samarqand viloyat yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Orif Xoji, Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi deputati Sh. Jo’raqulov, institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor A.X.Xamzayev, “O’zbek tili va chet tillar” kafedrasi dotsenti A.Axmedovlar so’zga chiqib ikki buyuk ajdodimiz hayoti va ijodi xaqidagi fikr-muloxazalarini, ma’lumotlarini,  yangiliklarini yig’ilganlar bilan o’rtoqlashdi.  


    Tadbir davomida institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi qoshidagi “Nihol” talabalar badiiy ijodkorlik klubi a’zolari tamonidan tayyorlangan adabiy-badiiy kompazitsiya ham yig’ilganlar  e’tiboriga havola etildi. Ayniqsa talabalar ijrosidagi Navoiy va Bobur  hayotidan aks ettirilgan sahnaviy ko’rinishlar, ijodiga mansub g’azallar, ruboiylar va raqs, xonandalar ijrosidagi milliy qo’shiqlar tomoshabinlarga manzur bo’ldi. Tadbir so’ngida ishtirokchilarga institut ma’muriyati tamonidan diplom va faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg’alar topshirildi. Tadbir ko’tarinki ruxda bo’lib o’tdi. Biz bu ulug’ zotlarning ijodiga hali ko’p bora murojaat etamiz. Bayram shukuhi yurtimiz bo’ylab xali davom atadi.


 Tadbir jarayonidan lavhalar



 



 



 



 



 



 


SamQXI “Kamolot” YoIH b.t “Iqtidorli yoshlar va  yosh olimlar bilan ishlash yo’nalishi” sardori               Rahimjon     Norjigitov

НЕЧУН СОҒИНМАЙИН АНДИЖОНИМНИ.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

(БОБУР ТИЛИДАН)


ЧУНОНКИ ЎРТАНАР ЮРАК БИРОДАР.


ВАТАНИМ СОҒИНЧИ ОЛГАЙ ЖОНИМНИ.


СУЛТОНМАН ВА ЛЕКИН БАҒРИМ ТЎЛА ХУН.


НЕЧУН СОҒИНМАЙИН АНДИЖОНИМНИ


 


ТУШИМДА КЎРГАЙМАН ЁШЛИК ЧОҒЛАРИМ.


АНДИЖОН САБОСИ, ОППОҚ ТОНГЛАРИН


УЙҒОНАМАН САХАР ХАТТО ШОМЛАРИМ


НЕЧУН СОҒИНМАЙИН АНДИЖОНИМНИ


 


ЧЕКУРМАН ЮРТ УЧУН ШУНЧАЛАР ФИҒОН.


МАЗАСИН ТОТМАСДИМ ЮТГАН НОНИМНИ.


КАБУТАР ЧОҒЛАНСА ЧАМАНИМ ТОМОН.


НЕЧУН СОҒИНМАЙИН АНДИЖОНИМНИ


 


АНДИЖОН БАХОРИ ЭСИМДА МЕНИНГ.


ОҚШОМИ,  НАХОРИ ЭСИМДА МЕНИНГ.


АРМОНИМ ДИЛИМДА, ТИЛИМДА МЕНИНГ.


НЕЧУН СОҒИНМАЙИН АНДИЖОНИМНИ


 


ХАҚДИР ЁЗИЛГАНИ ТАҚДИР БЕВАФО.


ИНИМ ДЕБ ҚЎЛ ЧЎЗГАН ДЎСТЛАР БЕВАФО.


КИНДИК ҚОНИМ ТУШГАН, ЖОНИМ АНДИЖОН.


СОҒИНЧИНГ БОБУРНИ АЙЛАР БЕДАВО.


 


Самарқанд қишлоқ хўжалик институти,                                                           Ветеринария, зоотехния ва қоракўлчилик факултети


IIIкурс талабаси       


МАНСУРОВ   ЖАЛОЛИДДИН.

Буюк аждодларимиз меъроси юксак келажагимиз асосидир

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан


 


Сен  бадиийлик  ибтидоси  дурлардаги  нодирлик,


Сенга хосдир олий мақом  “Хамса”ларга қодирлик.


Эй  Навоий  элим бахти  сенингдайин  шоирлик,


Сен маънолар  хазинаси  ниҳоясиз  нодирлик.


 


Шамшир тиғи  теккан  қонли  уфқнинг,


Қалбини  яширдим  ўтли  саҳрога.


Соғинч  саҳроларин  гулшанларида, 


Мени олиб  боринг  Бобур  Мирзога.


 


    Бу улуғ зотларни авлиё десак, авлиёларнинг авлиёси, мутафаккирларнинг мутафаккири, шоир десак шоирларнинг султонидир. Тафаккур оламида қалбларни сеҳрловчи буюк  сўз соҳиби, таъбир жоиз бўлса туркий ва форсий тилларда сўзловчи халқлар идеалига айланган Низомиддин Мир Алишер Навоий таваллудининг 574 йиллиги, шоҳ ва шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 532 йиллиги юртимиз сарҳадлари бўйлаб кенг тантана билан нишонланмоқда. Ўзбек халқининг мана шундай улуғ шахсларидан ўзбек адабиётининг забардаст сиймоси, сўз сеҳргари, яратган асарлари жаҳон шеъриятининг юксак намунаси сифатида миллионлаб инсонларнинг ақлини лол қолдириб, қалбини ларзага солиб келaётган Низомиддин Мир Алишер Навоий бобомиз, хамда темурийлар сулоласининг атоқли намоёндаси, жаҳон тарихида ўчмас из қолдирган буюк саркарда, юксак истеъдодли шоир ва бағрикенг инсон Заҳириддин Муҳаммад Бобур каби бобокалонларимиз ижодини маънолар хазинаси десак асло муболаға бўлмайди.


    Институтимизда ҳам ҳар йили ушбу қутлуғ саналар кенг тантана қилинади. Аънанага кўра  2015 йил 11 феврал куни «Аждодлар ёди-мукаддас» номли тадбир ўтказилади. Ушбу адабий-бадиий анжуманнинг ташкилотчилари институтимиз маънавият ва маърифат бўлими, “Ўзбек тили ва чет тиллар” кафедраси, “Камолот” ЁИҲ бошланғич ташкилоти ҳисобланади.


   Тадбирда иқтидорли талабалар ўз истъедодларини саҳна кўринишларида, ғазал ва рубоийлар мушоираси билан намоён этишади. Боболаримиз ижодидан «Ўзлигингни англа» номли савол-жавоб  мусобақалари ўтказилади. Бунда нафақат тадбир иштирокчилари, балки тадбир қатнашчиларининг ҳам фаоллигига эришилади. Талабалар билан тайёргарлик жараёнида уларнинг истъедоди ва мутафаккирларимиз ижодини янада чуқурроқ ўрганишга бўлган интилишлари биз устозларни жуда қувонтиради. Зеро ўтмиш аждодларимиз меросини ўрганишга бўлган қизиқиш ёшларимиз тафаккурини янада теран, салохиятларини юксак бўлишига хизмат қилади.


   


   Улуғ бобонг Навоийнинг етар жойи Ҳирот бўлғай,


   Ва лекин билмасанг ул зотни сен, оғир уят бўлғай.


   Завол эрмас, камол келтир она юртингга ҳар соат,


   У сенга ҳам она, ҳам юрт, сенга икки қанот бўлғай.


   


                                                                       


СамҚХИ “Ўзбек тили ва чет тиллар” кафедраси  ўқитувчиси Ф.П.Давронова.

“Kamolot” yoshlarning chinakam tayanchi va suyanchi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

 



 


    Samarqand qishloq xo’jalik instituti “Kamolot”YoIH boshlang’ich tashkiloti hamda “Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik” fakulteti boshlang’ich tashkiloti hamkorlikda 5-fevral kuni zootexniya ta’lim yo’nalishi I-bosqich talabalari bilan 445-auditoriyada “Kamolot yoshlarning chinakam tayanchi va suyanchi” mavzusida davra suxbati tashkil etildi. Ikkiyuz nafar ishtirokchini qamrab olgan davra suxbatini institut “Kamolot”YoIH boshlang’ich tashkiloti yetakchisi A.Shamsiyev kirish nutqi bilan ochib berdi va yig’ilganlarga “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora tadbirlar to’g’risida” hamda mavzuga doir masalalar, yangiliklar va institutda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan maruza qildi.


 



 


   Shuningdek, institut boshlang’ich taskiloti “Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash yo’nalishi”sardori R.Norjigitov mavzuga doir maruzasi bilan “Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti”yetakchisi O.Raxmatov esa fakultet boshlang’ich tashkiloti ish faoliyati fakultetda talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida maruzasi bilan institut boshlang’ich tashkiloti “Matbuot va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash yo’nalishi”sardori D.Toshbekov, institut boshlang’ich tashkiloti faoli J.Mansurovlar nutqi bilan ishtirok etishdi.        Mavzuga doir videorolik ham namoyish etildi.  Davra suxbati fikr-muloxazalarga, savol-javoblarga boy tarzda o’tdi. Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Bu kabi  davra suxbatlari xali davom etadi. 


 


                                         Rahimjon Norjigitov 


SamQXI “Kamolot”YoIH b.t “Iqtidorli yoshlar


            va yosh olimlar bilan ishlash yo’nalishi”sardori

GIYOHVANDLIK – XXI ASR VABOSI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

    Bilamizki, bugungi kunda dunyo hamjamiyatini chuqur o’ylantirayotgan muammolar talaygina. Biroq, giyohvandlik deb atalmish shunday bir illat borki u haqida alohida to’xtalmaslikning ilojisi yo’q. Bugungi kunda, bizning yoshlarimiz orasida uning domiga ilinib qolayotganlar uchramoqda.                     


    Respublikamizda giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan xukumat qarorlari asosida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning samarasi o’laroq natijalar ijobiy tomonga o’zgarmoqda.             


    Xalqimizda azaldan kasalni davolagandan uni oldini olgan afzal degan naql bor. Demak, targ’ibot-tashviqot ishlarini bu illatning oldini olishdagi asosiy ko’makchi deya hisoblasak xato bo’lmaydi.Targ’ibot ishlari joylarda xususan, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida tashkil etilmoqda. Xuddi shunday tadbir 29-yanvar kuni Samarqand qishloq xo’jalik instituti ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan institut madaniyat saroyida tashkil etildi. To’rt yuzdan ortiq professor o’qituvchilar va talabalarni qamrab olgan davra suxbatini institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor A.X.Xamzayev giyohvandlik va uning zararli oqibatlari xususidagi nutqi bilan ochib berdi.  


     Shuningdek, institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Namozov, “Kamolot” YoIH institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi A.Shamsiyevlar “Giyohvandlik-XXI vabosi” va uning salbiy oqibatlari xususida maruza qilishdi. Mavzuga doir videorolik va prezintatsiya namoyish etildi. Tadbir davomida ma’naviyat va ma’rifat bo’limi qoshidagi “Nihol” talabalar badiiy ijodkorlik klubi a’zolari tamonidan mavzuga doir  “Sodda qiz” nomli sahnaviy ko’rinish yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi. Sahnaviy ko’rinish yig’ilganlarga manzur bo’ldi.                                                                                                            


     Tadbir ko’tarinki ruxda bo’lib o’tdi. Yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishdi. Bu kabi tadbirlar xali davom etadi.


 



 



 



 


Norjigitov  Rahimjon

Sam QXI  “Kamolot” YoIH b.t


“Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar  


bilan ishlash yo’nalishi” sardori

ГИЁҲВАНДЛИК – XXI АСР ВАБОСИ

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

   Гиёҳвандликни инсоният генофондига солаётган хавфи ҳозирнинг долзарб муаммоси эканлиги ҳеч кимга сир эмас. Бу офатга қарши айни пайтда халқаро миқёсда мислсиз кураш олиб борилмоқда. Шунга қарамай, дунё бўйича тахминан 80 миллиондан ортиқ одам гиёҳвандлик балосига гирифтор бўлган. Шифокорларнинг таъкидлашича, гиёҳвандлар ҳам жисмоний, ҳам маънавий жиҳатдан жуда ҳам тез қарийди.                                   


  Жиноят кодексининг 270-275-моддаларини ўз ичига олган ХIХ боб “Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалари билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятлар” деб, номланиб, бунинг учун қатъий жазо чоралари белгиланган. Аммо жазо қанчалик оғир ва муқаррар бўлмасин, ўз қилмишининг оқибатини ўйламаган инсоннинг кўзи очилиши қийин.


ГИЁҲВАНДЛИК – XXI АСР ВАБОСИ

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

Гиёҳвандликни инсоният генофондига солаётган хавфи ҳозирнинг долзарб муаммоси эканлиги ҳеч кимга сир эмас. Бу офатга қарши айни пайтда халқаро миқёсда мислсиз кураш олиб борилмоқда. Шунга қарамай, дунё бўйича тахминан 80 миллиондан ортиқ одам гиёҳвандлик балосига гирифтор бўлган. Шифокорларнинг таъкидлашича, гиёҳвандлар ҳам жисмоний, ҳам маънавий жиҳатдан жуда ҳам тез қарийди.                                      


Жиноят кодексининг 270-275-моддаларини ўз ичига олган ХIХ боб “Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалари билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятлар” деб, номланиб, бунинг учун қатъий жазо чоралари белгиланган. Аммо жазо қанчалик оғир ва муқаррар бўлмасин, ўз қилмишининг оқибатини ўйламаган инсоннинг кўзи очилиши қийин. Чунки гиёҳвандликнинг ёвуз чангалига илинган инсон ундан қутилиб чиқиши амримаҳол бўлиб, аксинча у ўз турини ҳар томонга ёйишга интилиб, янги-янги қурбонларни домига тортади. Улар келтирган офатлар оилаларни бузилишига, ҳали туғилмаган гўдакларни келажакда мажруҳ, ногирон бўлиб қолишига, ёшларни умрини хазон бўлишига сабаб бўлади. Энг ачинарлиси, баъзи нафсини жиловлай олмаган кимсалар эътиқоди заиф, иродаси бўш, гиёҳвандликка мойили бор ёшларни турли қинғир йўллар билан тўзоғига илинтириб фойдаланишади. Шу боис, бундай иллатга қарши курашиш учун ҳозирда ахоли орасида, оила, мактаб, маҳалла, мутассадди ташкилотлар ҳамда кенг жамоатчилик ҳамкорлигида мунтазам тушунтириш ишлари олиб борилмоқда. Бу кўрилаётган чора-тадбирлар ёшларни умрига зомин бўлиши мумкин бўлган хавфдан ва турли иллатлардан ҳимояланишида қўл келиши назарда тутилган.                       


Чунки ёшларни соғлом ва баркамол қилиб тарбиялаш нафақат оилани балки мамлакат, қолаверса жамиятнинг ҳам олдида турган асосий ва муқаддас вазифасидир. Ушбу иллатга қарши курашишда авволо ўсиб – улғаяётган фарзандларнинг қалбида инсонийлик фазилатларни жо қилиш баробарида, Ватанга, ота-онага, дўстлари ва атрофдагиларга нисбатан меҳр-мухаббат ва садоқат каби фазилатларни шакллантирмоқ керак. Асрлар оша шаклланиб, сайқал топиб келаётган қадриятларимизга ҳурмат ва эхтиром руҳида тарбиялаш эса уларни ҳар томонлама етук ва фозил инсонлар бўлиб камол топишишларида муҳим асос бўлиб хизмат қилади. Фарзанд тарбиясида аввало, ҳар бир ота-она, маҳалла-кўй, таълим-тарбия масканлари ва ён-атрофдагилар ҳам бефарқ бўлмасдан, бирдек масъуллиги, уларнинг билим олишлари, фикри-дунёқарашининг соғломлигига жавобгар эканлигини англамоқлари зарур бўлади. Маънавияти юксак фарзандларни Ватанга содиқ, меҳр-мухаббатли, мард, жасур ва соғлом қилиб тарбиялаш учун ота-онанинг ёнида маҳалла-куй, мактаб ҳамда кенг жамоатчилик бирдек масъул ҳисобланади. Давлатимиз раҳбари « Менинг энг катта ишончим, мадад, таянчим бу ўсиб келаётган ёшлардир»-дея, мустақилликнинг илк кунлариданоқ эртанги кунимизнинг ёруғ истиқболи бўлган ёшларга алоҳида эътибор кўрсатган эдилар. Мазкур эътибор самарасини эса ёшларга яратилган шарт-шароитларда кузатишимиз мумкин.                


Ҳозирда уларни ҳар томонлама ва манфаатларини ҳимоялаш борасида ҳуқуқий ҳужжатлар ҳаётга татбиқ этилмоқда. Юртимизда ўсиб-улғаяётган ёшлар мавжуд имконият ва имтиёзлар асосида ҳаётда ва жамиятда муносиб ўрин эгаллаётганлигини шоҳиди бўлмоқдамиз. Қолаверса, мамлакатимиз Президенти ташаббуси билан 2000 йилни «Соғлом авлод йили», 2008 йилни «Ёшлар йили» ва 2010 йилни “Баркамол авлод йили”,  2012 йилни “Мустаҳкам оила йили”, 2013йилни “Обод турмуш йили”, 2014 йилни “Соғлом бола йили” дея ном берилгани яна бир бор уларга кўрсатилган улкан имкониятлар маҳсули бўлди. Шунингдек, ушбу йилларда қабул қилинган Давлат дастурлари, ҳамда бошқа норматив-ҳуқуқий ҳужжатларда ёшларни соғлом турмуш тарзини таъминлаш борасида муҳим чора-тадбирлар белгиланган. Бундан кўриниб турибдики, мамлакатимиз ишончи ва келажаги бўлган ёшларни соғлом ва баркамолигини таъминлаш борасида давлатимиз томонидан барча шароитлар яратилмоқда. Мақсад аждодларимиздан бизга мерос пойдевори мустаҳкам, тинчлиги, ободлиги, осойишталиги барқарор заминни бехатарлигини таъминлаш ва асраб-авайлашдир. Зотан, бугун ўсиб-улғаяётган баркамол авлод эртага ушбу юртнинг ҳар томонлама соғлом келажаги, эгасига айланади.


Юқоридаги мавзу юзасидан институтимизнинг катта мажлислар залида қизиқарли давра суҳбати бўлиб ўтди. Тадбир доирасида институт “Ниҳол” жамоаси томонидан тайёрланган “Содда қиз” деб номланувчи саҳнавий чиқишлари барча талабалар диққат эътиборини тортди.


Шундан сўнг “Ажал тўри” номли видеофильм намойиши ҳам бўлиб ўтди.



 



 



 



 



Камолот” ЁИҲ институт бошланғич ташкилот


етакчиси А.Шамсиев

Ватан улуғ бурч муқаддас

Блог им. samarqand2012

     16 январ куни Самарқанд қишлоқ хўжалик институти Маънавият ва маърифат бўлими қошида ташкил этилган, “Ниҳол” талабалар бадиий ижодкорлик клуби жамоаси Самарқанд шаҳрида жойлашган 9-сон “Меҳрибонлик уйи” тарбияланувчилари билан Ватан ҳимоячилари кунига бағишланган “Ватан улуғ-бурчим муқаддас” шиори остида тадбир ўтказилди.   “Zarafshon” газетаси, “Самарқанд” газетаси,  SamQXI.uz ва Fikr.uz сайитларида Ветеринария, зоотехния ва қоракўлчилик факультети 2-босқич талабаси Норжигитов Рахимжоннинг “Тинчлик учун курашмоқ керак” номли мақоласи чоп этилди. 



 


16 — январ куни “Ватан ҳимоячилари куни”га бағишлаб институт спорт залида спортнинг “Арқон тортиш” ва “Граната улоқтириш” турлари бўйича Иқтисодиёт ва бошқарув, Агрономия, Ветеринария, Зоотехния ва Қоракулчилик, Қишлоқ хўжалигини механизациялаш ва махсулотларни қайта ишлаш


факултетлари ўғил болалари ўртасида мусобақалар ўтказилди. Мусобақалар жуда қизиқари ва кўтаринки руҳда ўтди. 


Мусобақаларнинг биринчи кунги натижаларига кўра:Арқон тортиш тури бўйича;1-ўринни Иқтисодиёт ва бошқарув 2-ўринни Агрономия 3-ўринни Қишлоқ хўжалигини механизациялаш ва махсулотларни қайта ишлаш 4-ўринни Ветеринария, Зоотехния ва Қоракулчилик факултетлари ўғил болалар жамоалари эгалладилар.Граната улоқтириш тури бўйича;1-ўринни Иқтисодиёт ва бошқарув 2-ўринни Агрономия 3-ўринни Қишлоқ хўжалигини механизациялаш ва махсулотларни қайта ишлаш 4-ўринни Ветеринария, Зоотехния ва Қоракулчилик факултетлари ўғил болалар жамоалари эгалладилар.


“Гуманитар фанлар” кафедраси профессор-ўқитувчилари О.Турғунбоев, Ю.Салимов, М.Қулматов, Ж.Остонов ва И.Ҳайдаровлар Ветеринария факультети 2 босқич талабалари билан “Миллий армиямиз-ғуруримиз, ифтихоримиз”, “Менинг армиям-менинг фахрим” мавзуларида давра суҳбати ўтказишди.



TINCHLIK UCHUN KURASHMOQ KERAK (yohud, mardlar qo’riqlaydi vatanni)

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

       Vatan, bu so’z naqadar totli va muqaddas. Vatan onaga qiyoslanadi. Inson dunyoga kelar ekan, yer sharining qaysidir go’shasi unga Vatan hisoblanadi. Shunday ekan qadim zamonlardan inson bolasi o’z uyini, tug’ilgan joyini tashqi ta’sirlardan, yovvoyi hayvonlardan, dushmanlardan jonini tikib bo’lsada qo’riqlashga harakat qilgan bo’lsa neajab. Bugungi kunda vatan sarhadlarini, tinchligini qo’riqlashdek qiyin lekin sharafli ma’suliyat harbiy xizmatchilar zimmasida. Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so’ng har bir sohada bo’lgani kabi xarbiy sohada ham ulkan islohotlarni amalga oshirdi.


      Milliy armiyamiz professional darajada shakillantirildi. 1992-yil 14-yanvar O’zbekiston Respublikasi uchun tarixiy sana bo’lib qoldi. Ushbu kun qariyb 23-yildirki “Vatan himoyachilari kuni” sifatida har yili bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Xuddi shunday bayram tadbiri 15-yanvar kuni Samarqand qishloq xo’jalik instituti madaniyat saroyida “Vatan ulug’-burchim muqaddas” shiori ostida bo’lib o’tdi. Bayram tadbiri avvalida institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor A.X.Xamzayev Prizedentimizning Vatan himoyachilariga yo’llagan bayram tabrigini yig’ilganlarga o’qib eshittirdi va bayram bilan barchani xususan xarbiy xizmatni imtiyozli tafsiyanoma asosida tamomlab institutimizga talabalikka qabul qilingan yigitlarimizni qizg’in muborakbod etdi.Bayram tadbirida, Samarqand harbiy gornizoni ofitserlar uyi boshlig’i mayyor R.Fatxuddinov, 526-safarbarlik chaqiruvi rezervi bataliyoni komandirining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari kapitan D.Isroilovlar ham ishtirok etishdi va ma’ruza qilishdi.


      Shuningdek, institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi J.B.Sayfutdinova, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti III-bosqich talabasi 2014-yil uchun “Kamolot’’ stipendiyasi sohibasi Z.Qayumova ham so’zga chiqib yig’ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Ayniqsa, xarbiy gornizon madaniyat uyi xarbiy arkestri xonandalari ijrosidagi Vatan haqidagi qo’shiqlar yig’ilganlarga quvonch bag’shlab vatanparvarlik kayfiyatini ulashdi. Tadbir so’ngi raqslarga ulanib ketdi. Bayram shukuhi yig’lganlar ko’nglida anchagacha saqlanib qoladi



 



 



 


Norjigitov Rahimjon Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti 211-guruh talabasi

Тинчлик учун курашмоқ керак

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим Вазирлигининг 2014 йил 11 декабрдаги 460–сонли бўйруғи, 9 январдаги видеоселектор топшириқлари ҳамда Самарқанд вилоят хокимлигининг 2014 йил 24 декабрдаги 04/3/577-сонли йиғилиш баённомаларида белгиланган вазифалар ижроси юзасидан “14 январ – Ватан ҳимоячилари куни”ни нишонлашга тайёргарлик кўриш ва ўтказиш юзасидан чора-тадбирлар режасига мувофиқ Самарқанд қишлоқ хўжалик институтида амалга оширилган ишлар тўғрисида



Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

    Darhaqiqat, inson bolasi borki doimo o’zini mehr va e’tibordan ayro xis etolmaydi. Biz yashar ekanmiz hayotimiz davomida bir umir yaqinlarimiz diydoridan, ularning mehir-muxabbatidan bahramand  bo’lamiz. Shunday ekan biz, bekami-ko’st insonmiz.


    Biroq, jamiyatimizga bir e’tibor beraylikchi, bir bora sinchkov bo’laylikchi, nimalarga guvoh bo’lamiz. Ayrim fikri buzuq maishatparastlarning kasriga qolgan va umrini ota-ona mehridan bebahra o’tkazayotgan norasida go’daklarga ko’zimiz tushadi. Bu haqiqat, undan ko’z yumib bo’lmaydi. Bechoralar, ular dunyoga aybdor bo’lib kelishdi.Ular o’zlarining dunyoga kelishida bir vositachi bo’lgan qo’shtirnoq  ichidagi ota-onalarining  xato va kamchiliklarining  jabrini tortishmoqda. 



Ҳеч ким меҳр ва эътибордан четда қолмасин

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

“ҲЕЧ КИМ МЕҲР ВА ЭЪТИБОРДАН ЧЕТДА ҚОЛМАСИН” ҲАЙРИЯ АКЦИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ


12-январ куни Самарқанд қишлоқ хўжалик институти “Ветеринария, зоотехния ва қоракўлчилик” факультети талабалари, “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати бошланғич ташкилот фаоллари, институт маънавият ва маърифат бўлими қошидаги “Ниҳол” талабалар бадиий ижодкорлик клуби аъзолари томонидан Самарқанд шаҳридаги 9-сон болалар Меҳрибонлик уйида “Ҳеч ким меҳр ва эътибордан четда қолмасин” ҳайрия акцияси ўтказилди.Ушбу ҳайрия акциясида Самарқанд қишлоқ хўжалик институти талабалари томонидан болалар учун тайёрланган турли хил саҳна кўринишидаги дастурлар меҳрибонлик уйи тарбияланувчилари эътиборига ҳавола этилди.



O’ZBEGIM, MUNOSIB POSBONLARING BOR.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

                                  O’ZBEGIM, MUNOSIB POSBONLARING BOR.


O’zbegim,munosib posbonlaring bor.


Sarhadlarda po’lat qalqonlaring bor.


Sen ulug’ Temurning zuriyodidursan,


Manguberdi kabi o’g’lonlaring bor.


                                     (Abdulla Oripov)         Bugungi kunda O’zbekiston dunyoning rivojlangan davlatlari orasida yetakchi o’ringa chiqdi. Istiqlolning qisqa davrida yurtimiz sanoat, madaniyat, xalq ta’limi, sport xamda san’at sohalarida mislsiz muvafaqqiyatlarni qo’lga kiritdi.Eng muhumi, yurtimizdagi tinchlik-farovonlikka barcha xorij mamlakatlarining havasi keladi. Albatta, yurtimizning bu kabi yutuqlari hamda osoyishtaligi zamirida qanchadan-qancha insonlarning sa’y-harakatlari, mehnatlari yotibdi.       Shu o’rinda osoyishtaligimiz sababchilari bo’lmish harbiylarimizni alohida ta’kidlab o’tish lozim.Mard posbonlarimiz bor ekan, Yurtimiz tinch,osmonimiz musaffo,barqarorligimiz esa,doimiydir.        Vatanimiz sarhadlarini munosib qo’riqlayotgan barcha harbiy askarlarimizni yaqinlashib kelayotgan 14-yanvar “VATAN HIMOYACHILARI KUNI” bilan samimiy muborakbod etaman. Shunday mard, jasur, baquvvat va sergak posbonlarimiz baxtimizga hamisha bor bo’lsinlar.Vatan oldidagi burchlarini ado etishda aslo charchashmasin.      Vatanimizda yurt qalqonlari, himoyachilari hamda iftixorlari bo’lmish harbiylar ko’payaversin. Biz shunday jonkuyar va fidoiy insonlar oldida


 


Samarqand qishloq xo’jalik instituti 1-bosqich talabasi Boymurzayeva Adliya

Бағишлов

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

 


                                     


(14 – январ Ватан химоячилари кунига)


 


 


Тинч  ҳотиржам кунлар учун,


                       Минг ташаккур,  минг ташаккур,


Осойишта  тунлар учун,


                       Минг ташаккур, минг ташаккур,


Кўксим тўла ифтихордир,


                        Мехнатингиз  халққа ғурур,


Сиз бордирсиз элнинг мудом,


                       мусаффодир  осмонлари,


Тангри  сизни ёрлақасин



“Samarqand shirinliklari” – ko’rik tanlovi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

       27-dekabr kuni shahrimizningning A.Navoiy ko’chasida viloyat hokimligininig tashabbusi bilan “Samarqand shirinliklari” ko’rik-tanlovi tashkil etildi. Unda institutimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi. An’ana tusini olgan “Samarqand shirinliklari” ko’rik-tanlovi Yangi yil arafasida viloyatimiz aholisi va shahrimiz mexmonlari qalbiga bayramona ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Shahar markazidagi muxtasham bezatilgan archa yaqinidagi bayram dasturi esa xotiralarda unitilmas bo’lib muxrlandi desak mubolag’a bo’lmaydi.Tadbirda viloyat raxbarlarining tashrifi festivalning yuqori darajada tashkillashtirilganidan dalolat beradi.


 




HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMASIN.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

                                      HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMASIN.


          Samarqand qishloq xo‘jalik institutida 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan imkoniyati                                            cheklangan nogiron talabalari uchun tadbir o’tkazildi


     Tadbirni Samarqand qishloq xo‘jalik instituti rektori T.Ostanaqulov ochib berib, o‘z so‘zida – avvalambor, ushbu tadbir 3-dekabr “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan institutda tahsil olayotgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, imkoniyati cheklangan nogiron talabalar holidan xabar olish, ularga bayram sovg‘alarini ulashib ko‘nglini ko‘tarish, o‘qishga bo‘lgan intilishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi, — deya barchani tadbir dasturxoniga taklif qildi.       Shundan so‘ng, Samarqand viloyat “Sog‘lom avlod uchun” X.X. jamg‘armasi direktori R.Raxmonova so‘zga chiqib, imkoniyati cheklangan nogiron talabalarning huquq va erkinliklari to‘g‘risida shunday deydi: “Mamlakatimizda sizlarning hamma qatori yashashingiz, ta’lim olishingiz va ishlashingiz uchun kerakli sharoit va imtiyozlar qonunlarimizda belgilangan. Xalqimizga xos mehr-muruvvat va olijanoblik tuyg‘ulari jo‘sh urib turgan bunday imkoniyatlardan bugungi kunda jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar beminnat foydalanib, zamon bilan hamnafas tarzda o‘z salohiyatini rivojlantirmoqda.          Darhaqiqat, yurtimizning qaysi hududiga bormaylik, jismoniy imkoniyati cheklanganlarga berilayotgan yuksak e’tiborning guvohi bo‘lamiz. Ayniqsa, tibbiy ko‘makka muhtoj nogiron bolalar ta’lim muassasasida, maxsus maktab-internatlarida va umumta’lim maktablarida bilim olishi uchun imkoniyatlar yaratilganligi ahamiyatga molikdir. Albatta, bu islohotlar ularning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi hamda o‘zlari qiziqqan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishida muhim o‘rin egallaydi.        Shundan so‘ng, imkoniyati cheklangan nogiron talabalar uchun Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tomonidan ajratilgan shifobaxsh asal va Samarqand viloyat “Sog‘lom avlod uchun” X.X. jamg‘armasi tomonidan ajratilgan qishki oyoq-kiyimlari tarqatildi.


 


Dilshod TOSHBEKOVSamQXI Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti 211-guruh talabasi


 


 


 


 


 


 


      Tadbirda ishtirokchilar esdalik uchun rasmga tushdilar.


 



 


 



 



 


 


 


 


 


 


 

“BIZ – YOSHLAR SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ!”

Блог им. samarqand2012

                                        “BIZ – YOSHLAR SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ!”


     1-dekabr kuni Samarqand qishloq xo‘jalik instituti faollar zalida institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Kamolot” YIH boshlang‘ich tashkiloti va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 1-dekabr “Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz – yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi.      Kun tartibidagi masala yuzasidan institut Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori A.Xamzaev so‘zga chiqib, o‘z so‘zida – avvalambor, ushbu uchrashuvni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sog‘lom oila qurishga tayyorlash va sportga muhabbatini kuchaytirish, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni giyohvandlik, kashandalik va ichkilikbozlik kabi zararli illatlardan himoya qilish masalalariga qaratilgan tadbirlarda yoshlar ongiga singdirish, yurtimiz obodligi, shuningdek, xalqimizning moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlash yo‘lida yoshlarning ham ishtirokini ta’minlashdan iborat, – deb so‘zida davom etar ekan, giyohvandlikning zararlari haqida shunday deydi: “Giyoxvandlik – eng daxshatli jirkanch illat. U insonni oxir oqibatda ma’naviy va jismoniy holatga olib boradi. So‘ng u o‘zi sezmagan holda “qo‘z ko‘rib, quloq eshitmagan” jinoyatlarga qo‘l uradi. Shuning uchun yoshlar ogoh va hushyor bo‘lish kerak” – deb so‘zini yakunladi.      Shundan so‘ng faollar zali monitor-ekranlarida giyohvandlik kasalligiga chalingan yoshlarning achinarli hayoti va sog‘lom turmush tarzining afzalligi aks ettirilgan “Og‘usiz hayot”, OITSning zarari bo‘yicha “Poklikka intil”, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan illatlardan asrash bo‘yicha “Komilikka intilaman! Senchi?” kabi mavzularda tayyorlangan roliklar namoyish etildi.      So‘zga institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi J.Sayfiddinova chiqib, o‘z so‘zida OIV infeksiyasida kasallik manbai va yuqish yo‘llari haqida gapirib o‘tdi. OIV infeksiyasi odamga xos kasallik bo‘lib, antropanozlar guruhiga kiruvchi o‘ta xavfli infeksiyasidir. Kasallik manbai — orttirilgan immuno tanqislik virusini tashib yuruvchi shaxslar va OITS bilan kasallangan bemorlardir. Kasallik hayvonlardan, kemiruvchilardan va hasharotlardan odamga yuqmaydi.Yuqish yo‘llari:1. Jinsiy aloqa yo‘li orqali; bu yuqish yo‘liga geteroseksual, biseksual, gomoseksual yuqish yo‘llari kiradi.2. Parenteral yo‘l orqali, ya’ni, zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilganida, zararlangan organ va to‘qimalar ko‘chirib o‘tkazilganda (Transplantatsiya), ngosteril shprits va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanganda, teri va shilliq pardalar butunligi buzilishi bilan kechadigan barcha muolajalarda yuqishi mumkin.3. Vertikal yo‘l orqali — OITS virusini tashuvchi bo‘lgan onadan homilaga yoki tug‘ruq jarayonida va tug‘ilgandan so‘ng ona suti orqali yuqishi mumkin, — deb so‘zini yakunladi.


Tadbir so‘ngida talabalar kun tartibidagi masala yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib javob olishdi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.


Samarqand qishloq xo’jalik instituti “Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik” fakulteti  II bosqich talabasi  Dilshod TOSHBEKOV 

SOGLOM MUHIT –INSON SALOMATLIGI (yoxud ekologik madaniyat)

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

                                    SOGLOM MUHIT –INSON SALOMATLIGI  (yoxud ekologik madaniyat)                                                                                                                                                                                                                               Xozirgi kunda, hayotmizda, umumiy ekologik xarakterga ega bo`lgan va yechimini kutayotgan, muammolar talaygina. Demak ana shu nuqtai nazardan qaralganda, bugungi kunda, sog`lom ijtimoiy –iqtisodiy muhitni tashkil etsak, sog`lom tashqi muhit mavjud bo`ladi. Sog`lom muhit bor joyda, sog`lom turmush tarzi shakllanadi, ekologik madaniyat rivojlanadi.     Bugungi kunda fuqorolarmizning ekologik madaniyatini shakllantrishda, targ`ibot va tashviqot ishlarida, O`zbekiston ekologik harakatining o’rni beqiyos. Ushbu harakat 2008-yil 2-avgustda, mamlakatimizdagi, ekologik tashkilot vakillarning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo`lib, tarixan qisqa vaqt ichida o`z so`zini ayta oldi.      Respublikamizning barqaror rivojlanishida muhim omil bo`lib, hizmat qilishiga ishongan fuqorolarni birlashtirish harakatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, harakat yoshlar bilan ishlash borasida ham, bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Shu munosabat bilan, Samarqand qishloq xo`jalik institutida ham, O`zbekiston ekologik harakati Samarqand viloyat hududiy bo`linmasi bilan, hamkorlikda, 2014-yil 20-noyabr kuni “Sog’lom muhit-inson salomatligi” mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida 200 dan ortiq institut professor o`qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.      Kun tartibidagi masalalar yuzasidan SamQXI o`quv ishlari bo`yicha prorektori O`zbekiston ekologik harakati Samarqand viloyat hududiy bo`linmasi kengashi raisi A.Elmurodov, SamQXI agrokimyo va agrotuproqshunoslik kafedrasi o`qtuvchisi, Dotsent ekoharakat viloyat hududiy bo`linmasi kengashi a’zosi Koordinator B.Abdullaev, kengash a’zosi S. Boboyev, o’qituvchilar A.Daminov, Y.Salimov, F.Nabiyev, institut “Kamolot’’ YoIH b.t yetakchisi A.Shamsiyev- “Yoshlarning ekalogik madaniyatini yuksaltirish, ekalogik ta’lim tarbiya tizimini rivojlantirish, atrof, tabiiy muhitni muhofaza qilish” mavzularida; SamDU o’qituvchisi ekolog A.Axmedov-“Yoshlarda ekalogik madaniyatni yuksaltirishda ta’lim tarbiyaning roli” mavzuida maruza qildilar. Mavzu yuzasidan prezintatsiya nomoyish etildi. Shuningdek harakatning “Yoshlar qanoti”ni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. “Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik” fakulteti II-bosqich talabasi R. Norjigitov nomzodi harakatning “Yoshlar qanoti” sardorligiga bir ovozdan ma’qullandi. Tadbir so’ngida ishtirokchilardan O.Aliqulov, I.Boymurodova, Y.Usmonova, A.Turdiqulov, D.Toshbekov, R.Norjigitov va boshqalar o’zlarining mavzuga doir qiziqtirgan savollari bilan murojaat etishdi va taklif-mulohazalarini bildirishdi. Tadbir fikr-mulohazalarga boy tarzda o’tdi.                                  


Norjigitov Rahimjon “Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik” fakulteti  211-guruh talabasi