avatar
Куч
591.20
Рейтинг
+246.60

Samarqand VMI

Мақолалар

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

 Nurobod tumani Olg’a maxalla fuqorolar yig’ini hududidagi 30 umumta’lim maktabida “O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida tadbir tashkil etildi.


 


  O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati.


   Barchamiz uchun muqaddas sanalgan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi shu yurt, ushbu zaminda yashayotgan har bir inson uchun o’zgacha faxr-iftixor va yuksak g’urur bilan nishonlanadigan tabarruk ayyom hisoblanadi. Konstitusiyamiz, mana, yigirma ikki yildirki, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning huquqiy poydevori bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Bosh Qomusimiz xisoblangan Konstitusiyamizni o’rganish, uning mazmun moxiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish maqsadida Nurobod tumani Olg’a maxalla fuqorolar yig’ini hududidagi 30 umumta’lim maktabida “O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida tadbir tashkil etildi.


   Tadbirda Samarqand qishloq xo’jalik Instituti rektori T.E.Ostonaqulov, Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor A.X.Xamzayev, Samarqand Davlat Universiteti professori S.Karimov, Gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchilari, iqtidorli talabalar, maxalla fuqorolar yig’ini raisi va faollari, maktab o’qituvchilari va yuqori sinf o’quvchilari kabi keng jamoatchilik ishtirok etdilar.      



Konstitusiya tarixi haqida

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

   Konstitusiya insoniyat tarixida, taraqqiyotning ma’lum bosqichida ezgulikning razillik ustidan, yangilikning eskilik ustidan, adolatning zo’ravonlik ustidan, erkinlikning haqsizlik ustidan, taraqqiyotning to’sqinlik ustidan g’alabasi sifatida vujudga kelgan hujjatdir!   Konstitusiya qabul qilinishi bilan jamiyat a’zolari turli tazyiqlardan, kamsitishlardan, qiynoq va azoblardan saqlanish imkoniyatiga ega bo’la boshladilar. Konstitusiya davlat hokimiyatini, uning asossiz zo’ravonligini jilovlash imkonini berdi. U xalqning, fuqarolarning tafakkuri, intilishi, hamjihatligi mahsuli bo’ldi.   Ma’lumki, 1787 yilda dunyoda birinchi bo’lib AQShda yozma Konstitusiya qabul qilingandan so’ng, 1831 yil Belgiyada, 1874 yil Shveysariyada va shu tariqa ko’plab mamlakatlarda Konstitusiya qabul qilina boshlandi. Bu jarayon turli mamlakatlarda turlicha kechdi. Ba’zi mamlakatlarda qon to’kilishlar ham bo’ldi. Xalq ko’chaga “Konstitusiya uchun” deb ayovsiz kurashga chiqdi.  Biroq dastlabki yozma konstitusiya XVIII asrda qabul qilingan bo’lsada, ushbu atamaning paydo bo’lish jarayoni uzoq o’tmishga borib taqaladi. Buni quyidagi satrlar ham tasdiqlaydi: “Ezgu va dilkash, nafrat va ehtiroslar yot bo’lgan odamlar amal qiladigan o’sha muqaddas qonunni bilinglar”. Ushbu satr miloddan avvalgi II asrda bitilgan eng qadimiy adabiy yodgorliklardan biri hisoblangan ko’hna Hindistonning “Manu qonunlari” kitobida keltirilgan.   Tarixdan ma’lumki, XIII-XIV asrlarda Rim imperatorlari chiqargan farmon va farmoyishlar ham oliy yuridik kuchga ega bo’lib, ular konstitusiya deb atalgan.   Buyuk sohibqiron Amir Temur ham davlatni boshqarishda o’zining “tuzuklari”dan foydalangani tarixiy faktdir. Demak, buyuk bobokalonimiz ham o’z davlatini “tuzuklar” asosida, ya’ni o’z davrining konstitusiyasi asosida boshqargan. Bundan ko’rinib turibdiki, qonun — qoidalar insoniyat hayotida ancha ilgari paydo bo’lgan bo’lib, u asrlar davomida rivoj topdi va murakkablashib bordi. Hozirgi kunga kelib jahonning deyarli barcha mamlakatlarida konstitusiya qabul qilingan. Ushbu qonun asrlar osha jamiyat va davlat rivojlanishi uchun xizmat qilib kelmoqda.   Inson bu dunyoda yashar ekan, hayotda o’z yo’lini to’g’ri tanlashi uchun o’z huquq va erkinliklarini bilishi, shu bilan birga belgilangan burchlarni bajarishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.BMT tomonidan 1948 yil 10 dekabrda Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilingandan keyin jahonning barcha mamlakatlarida insonlarning hayoti, sog’ligi, qadr-qimmati, or-nomusi va boshqa oliy qadriyatlari muqaddas ekanligi belgilab qo’yildi. BMT ga a’zo har bir davlat ushbu hujjatda ko’rsatilgan huquq va erkinliklarni ta’minlash majburiyatini oladi. 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Konstitusiyasi juda ko’plab taklif — mulohazalardan keyin qabul qilindi va unda demokratiya hamda inson huquqlari masalasiga alohida e’tibor qaratildi.   Bundan ko’zlangan asosiy maqsad esa jonajon O’zbekistonimizda erkin fuqarolik jamiyati va insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishdan iboratdir. Faqatgina erkin fuqarolik jamiyati va insonparvar demokratik huquqiy davlatdagina inson huquqlari va erkinliklari to’la ta’minlanadi.


 


     Samarqand qishloq xo’jalik instituti  iqtisodiyot va boshqaruv fakultet talabasi


                                                                        Abduraxmonova Aqida

«ZiyoNet» axborot-ta’lim portalining yangi ko’rinishi va yangi loyihalari» mavzusida o’quv-amaliy seminar

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

CAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI


2014 yil 27 noyabrda Samarqand qishloq xo’jalik institutida ««ZiyoNet» axborot-ta’lim portalining yangi ko’rinishi va yangi loyihalari» mavzusida o’quv-amaliy seminar tashkil etildi.


 



 


Saylov jamiyat ko'zgusi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

Saylov jamiyat ko'zgusi.


 


      Mustaqillikka erishgan ilk yillardan beri Prezidentimiz Islom Karimov



 rahna moligida mamlakatimizda kuchli huquqiy demokratik davlat barpo etish yo`lida turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, saylovlar mana shunday tadbirlardan biri hisoblanadi.


      Saylov – demokratiyaning ajralmas qismi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga binoan fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki bilvosita, ya’ni o`z vakilini saylash orqali ishtirok etadi. Bunday ishtirok etishlar davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshirilishining o`zi saylovning fuqarolar hayotida naqadar muhim rol o`ynashini ko`rsatadi. 18 yoshga to`lgan, to`la hajmdagi muomala layoqatiga ega bo`lgan fuqarolar o`z xatti-harakatlari uchun siyosiy mas’uliyatni his etadigan, davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qila oladigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni ishlab chiqadigan, 25 yoshdan kichik bo`lmagan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini deputatlik va senatorlikka saylash orqali mamlakatda demokratik munosabatlarni o`rnatishda xizmat ko`rsatadi.


G’oliblar saralandi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

       Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, iqtidor va iste’dod sohiblari bo‘lgan yoshlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijod va bilim cho‘qqilarini egallashlariga ko‘mak berish, iste’dod va intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand shahar Kengashi, Samarqand viloyat Yozuvchilar uyushmasi, O‘zLiDeP Samarqand shahar Kengashi, Fuqarolik jamiyati rivojlanishini monitoring qilish mustaqill instituti Samarqand viloyat hududiy bo’limi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, “Hunarmandlar” uyushmasi Samarqand shahar bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan 25-iyun kuni Samarqand San’at kollejida “Yurt istiqboli – 2014” respublika iqtidorli yoshlar tanlovining Samarqand shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy o‘quv yurti va akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 60 nafardan ortiq iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tanlovda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabalaridan 20 nafardan ortiq iqtidorli talaba yoshlar ishtirok etib, shundan 6 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.



 



 


Samarqand qishloq xo’jalik instituti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti

Ilmga baxshida umr

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

Samarqand qishloq xo’jalik institutida ko’p yillardan bo’yon ilm sirlarini yoshlarga o’rgatib kelayotgan ustoz, qishloq xo’jalik fanlari doktori professor D.T.Abdukarimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlanadi.


     Inson hayotining asl mohiyati uning mazmunli umr yo’li bilan o’lchanadi. Yaxshi tanlangan kasb, ustozlarning ko’rsatgan yo’li va to’g’ri nasihatlari bu yo’lda maqsadlarga oson erishishning kaliti hisoblanadi. Shuningdek, navqiron yoshlik davrida ilmga qiziqishni kasb mahorat bilan bog’liqlikda to’g’ri yo’naltirilishi ham kelajakda bilimli va tafakkurli inson bo’lishning bosh omili hisoblanadi.


       


        Hayotning falsafasi ham insonning qancha yosh yashaganligini emas, balki qanday yashaganligi g’oyasini ilgari suradi. Gap shundaki, inson tug’ilib, o’zidan ezguliklar va yaxshiliklarga to’la to’kis “bog’” yaratishni agar o’zi xoxlasa, albatta amalga oshirishi hayotiy haqiqatdir.


Makon va zamon

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

      Sir emaski, bugungi kunda ko’pchilik maktab o’quvchilarining qo’lida zamonaviy qo’l telefonlari, telefonlar xotirasida esa globallashuv va zamonning shiddat bilan rivojlanishi natijasida ayrim qora kuchlarning ma’naviy tahdidlariga yo’g’rilgan video audio mahsulotlari yuklanganligi kishini o’yga toldiradi. Aytaylik, bugungi kunda maktab, kollej yoki institutda tahsil olayotgan yoshlarning ayrimlarining qo’l telefonlari nazoratsiz holda qolib, ular ma’naviy tahdidlarning bir qo’liga aylanishiga o’zlarini o’zlari duchor qilmoqda. Shu joyda masalani mohiyatiga urg’u berish o’rinli. Avvalo, ularning qo’l telefonlarining nazoratsiz qolganligida kimlar aybdor? Aytish zarurki, bugungi kunda ko’pchilik yoshlar axborot hurujlarini bir zumda u dunyoning bir chetidan bu chetigacha yetkazib berayotgan zamonaviy va qimmatbaho qo’l telefonlaridan to’g’ri maqsadlarda emas, qiziquvchanlik va zerikishga “davo” deb “ko’ngilochar” ma’naviy tahdidlar asosidagi zalolatni yuklab olmoqda. Bu hol bugungi kunda butun dunyo mamlakaitlarini tashvishga solmoqda hamda bunga qarshi kurashishga dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Kuzatishlarning guvohlik berishicha, qo’l telefonlarida yoki internet kafelarda maktab o’quvchilarining qo’rqinchli o’yinlarni o’ynayotganliklaridan shu narsa anglashiladiki, birinchidan ota-onalarning e’tiborsizligi va loqaydligi bolalar ongini zaharlanishiga hamda ma’naviy immunetitetni zaiflashishiga sabab bo’lyapti. Bu masalalaning birinchi tomoni. Ma’naviy tahdidlar, o’yinlarning asl qiyofasiga e’tibor bersangiz yovuzlik, turli xil salbiy xarakterni rivojlantirishga qaratilgan bu o’yinlar bizning mentalitetimizga aslo xos emasligini ota-oanalar o’z farzandlariga ruhiyat tartib qoidalari asosida tushuntirishlari zarur. Ya’ni, internet kafelarda o’yin o’ynayotganlarning fikricha daxshat va qo’rqinchlilikka yo’g’rilgan o’yinlarda afsuski, mehr oqibatni ko’rsatish bo’yicha o’yin dasturlari bo’lganida edi, ular o’yindagi qaxramonini o’ldirmay, unga yaxshilik qilgan bo’lardi. Masalaning mohiyatini tushungan bo’lsangiz kerak. Ya’ni, axborot olami ma’naviy bo’zg’unchi g’oyalar bilan sug’orilganligi yoshlar ongini buzmoqda.


Bugungi yoshlar telefondan foydalanish madaniyatiga qay darajada e’tiborli? (Tahlil va misol)

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

Jamoat joylarida telefondan foydalanish


 


     Bugungi kunda katta-yu kichikning tezkor aloqa vositasi bo‘lib ulgurgan telefondan barchamiz foydalanamiz. Telefon odatiy muloqot kamlik qilgan hollarda, har soniyada xizmatga tayyor dastyorga aylangan ekan, uni kerakli o‘rinlarda ishlatish, unda gapirish mumkin bo‘lgan va bo‘lmagan gaplar va mavzularni ajratib olish, boshqacharoq aytadigan bo‘lsak, telefonda gaplashish madaniyati, ta’bir joiz bo‘lsa, san’atini egallash ham muhim va kerakli bo‘lgan hodisalar sirasiga kirib bormoqda.


      Jamoat transportlariga chiqib qolsak, ba’zi bir yoshlarning telefoni juda baland ovozda jaranglaganini eshitamiz. Uning baland tondagi ovozi, har xil keraksiz bekorchi gaplari bilan hammani o‘ziga jalb qilishini ko‘rib g‘ijinimiz keladi. Yana bir kishi esa telefonda baland ovozda o‘z muammolari ustida uzoq vaqt “muhokama qiladi”. Bu kabi holatlarga hammamiz ham uchraganmiz.


       Ko‘cha-ko‘yda ba’zi yoshlarning qulog‘iga naushnik taqib olganiga ko‘zimiz tushadi. Ular go‘yo o‘zini o‘zga olamda yurganday his qiladi. Ularga gaping bo‘lsa gapirishga ham “zorsan”, eshitmaganligidan xuddi devorga gapirganday bo‘lasan. Vaziyat taqozosiga ko‘ra ba’zi yoshlarning gaplariga quloq solsangiz, jarayonda muloqotning asosiy qismida tilga olingan gaplar uncha muhim emasligiga amin bo‘lasiz. Har ikki gapining birida “Yana nima yangiliklar?” deb qo‘yishi ularning aslida telefonda gaplashishga arzigulik gapi yo‘qligi, ammo qandaydir atrofdagilarni o‘ziga tortishmi, telefonda ko‘proq gaplashsa obro‘liroq ko‘rinaman, degan o‘ylaydimi, ularni telefonda gaplashishga majbur qilayotganday tuyuladi. Shu bois, bugun telefonda gaplashish madaniyati haqida fikr yuritar ekanmiz, har qanday holatda ham telefondagi muloqot odatiysidan farq qiladi.


        Shuningdek, telefondan o‘z me’yorida foydalanish, muloqot madaniyatini o‘zlashtirish nafaqat atrofda-gi odamlar uchun yoqimli, balki sog‘liq uchun ham foydaliligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.


 


Ta’lim muassasalarida telefondan foydalanish


 


      Ta’lim muassasalarida ham telefonga tegishli so‘zlashuv qoidalari ishlab chiqilgan. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom asosida Samarqand qishloq xo‘jalik institutida ham institut hududi va binolarida mobil telefonlardan foydalanish tartibini kuchaytirish bo‘yicha qoidalar ishlab chiqilgan. Bu qoidalarning qisqacha mazmuni quyidagilardan iborat:


Ommaviy madaniyat yoxud kiyinish odobi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

          Inson o’z ichki hissiyotlarini ommaga namoyon qilish maqsadida turli xil hayotiy va ijodiy izlanishlar imkoniyatini o’ylab topmoqda. Lekin o’zlikni uqitib, insoniylik qiyofasiga putur yetkazib, jamoat joylarda, mantiqqa zid, madaniyat chegarasiga to’g’ri kelmaydigan tarzda yurish turishini o’zgartirishi bu odob-axloq mezonini unitib qo’yish bilan barobar narsa emasmi?


       Afsuski, hozirgi globallashuv davrida kimlargadir taklif qilib, kimligini uqitib qo’yayotgan odamlar anchagini. XXI asrga kelib insoniyat tarixi butunlay mazmuni va mohiyati jihatdan tub o’zgarishlar cho’qqisiga yetib kelgan. Ilm-fanda yani kashfiyotlar qilingan, odamzodning oyog’i hattoki oygacha yetib bordi. Biroq bugungi kunda yerdagi avholni yaxshi deb bo’lmaydi. Aql farosatga, yuksak intelektual qobiliyatga ega bo’lgan inson, tirik mavjudotlar orasida, me’yor nuqtai nazariga to’g’ri kelmaydigan ishlarga qo’l urib, o’zini-o’zi razolat botqog’iga botirib bormoqda.


      Aslida taqlidni qay yo’sinda namoyish qilish kerak? Bu savolning yechimi oddiy. Ammo G’arb madaniyatiga ko’r-ko’rona taqlid qilib, Sharq madaniyatini butunlay yo’q qilib yuborish, musulmon davlatlari orasida odob-axloq qoidalariga umuman to’g’ri kelmaydi.


           Til o’rganish yoki innovasion texnologiyalarni o’zlashtirish yuksak qobiliyat va salohiyat belgisidir. Biroq ko’cha-kuyda, mahalla guzarlarida eng yomoni oilaviy muhitda kiyinish me’yorining haddan ziyod chegarasidan chiqib ketishi, sharqliklar kelajak avlodlarning ertangi kuniga juda katta salbiy ta’siri borligini biz kattalar anchayin muloxaza va muhokama qilish payti yetib keldi nazarimda. Jamoat joylarida o’quv yurtlarida, marosim va to’ylarda odam qiyofasida kiyinish odobi aslida chin insoniy belgi va fazilat namunasi hisoblanadi.A.Avloniy kelajak avlod tarbiyasi masalasida shunday degan edi.


            Tarbiya-bu yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir. Tabiatning gultoji bo’lgan aziz inson kelajakka yorug’ rangli fikrlar xilma-xilligi dunyoga keladi. E’tibor va extirom ostonangiz eshigini tark etmasin.


 


Shonazarov Dilmurod


 

Ogohlik va barqarorlik yoshlar nigohida yoxud osoyishtalik davr talabi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

     Bugungi kunning yoshlari har tomonlama intelektual qobilyat sohibi bo’lishi bilan bir qatorda, o’z zamonasining tinch-totuvligini, hamda osoyishtaligini ta’minlash yo’lida hamjihatlikda fikr yuritib, birdamlikda harakat qilmog’lari talab etilmoqda. Ana shu yo’lda baholi qudrat harakat qilayotgan yoshlarimiz ko’pchilikni tashkil etishi ko’zni quvontirar albatta. Ammo, oramizda jamoatchilik manfaatini o’ylash u yoqda tursin, balki o’z hayotini razolat botqog’iga botirib, kelajagini barbod qilayotgan yoshlar ham topiladi. Ularning bilib-bilmay bu yo’lga kirib qolishlariga kimlar sababchi?


      Hozirgi demokratik jamiyatda o’z manfaatini o’ylab, qo’shtirnoq ichida tadbirkorlik qilayotgan ba’zi bir fuqarolarning daromad topish ilinjida, jamoat joylarida o’quv yurtlari yaqinida, har xil ko’ngilochar manzillarni tashkil etib, voyaga yetmagan yoshlarni jalb etish oqibatida o’smir talabalarni turli xil noxush voqyealarning sababchisiga aylanib qolishlari, odob-ahloq, ta’lim-tarbiya yo’lida olib borilayotgan islohotlarning tomiriga bolta urish bilan barobar emasmi?


        Muammoning achinarli tomoni shundaki, Samarqand qishloq xo’jalik instituti yonidagi Mirzo Ulug’bek va Nodirabegim ko’chalari keshishgan joyda, shundoqqina yerto’lada joylashgan bir qaraganda odamlar e’tiborini tortmaydigan, ammo kechayu-kunduz muntazam faoliyat olib borayotgan chilimxonaning tashkil etilganligi, bu joy esa yoshlar nigohida ekanligi, bu yerda nuxush xolatlar ro’y bermasligiga kim kafolat beradi!


     Bundan tashqari ushbu “Diltortar maskan” institutning talabalar yotoqxonasidan uncha uzoq emas. Kechalari taralayotgan bemani musiqa shovqinining zarbidan, zormandaning ta’mini tortayotgan yoshlardan kelgusida nimani kutish mumkin?


        Bunday tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan kimsalarning niyati nima?


    Qadimda madaniyat o’chog’i bo’lgan Samarqand shahrining qoq markazida bunday “Ko’ngilochar” joylarning qurilishi qaysi insonparvarlik nomalarida ko’rsatilgan? Yoki bunday joylarni nazorat qiluvchi mutasaddi tashkilotlarning nigohi qaysi nuqtada?


       Mana shunday vaziyatda muammoga oydinlik kiritsak. Qishloq joylardan shaharga o’z farzandini bilim olib, ma’lum bir kasb-hunarni egallashni istayotgan ota-onalarning orzu-havaslari, puch yong’oq kabi erta to’kilsa maylimi, yo’q albatta.


         Bunday salbiy oqibatlar uchun kim javob beradi?


     Ogohlik va barqarorlik yoshlar nigohida, yoxud osoyishtalik davr talabi ekan, bunday maskanlarni jamoatchilik nazarida faoliyat olib borishiga, biz talaba yoshlar mutlaqo norozi ekanligimizni ta’kidlash, vatanimiz oldidagi yuksak mas’uliyatli burchimiz deb hisoblaymiz.


 


Shonazarov Dilmurod


 

XXI asrda axborot xurujlarining insoniyat ongiga ta’siri (yoxud ayrim yoshlar ongi va tafakkurining tanazzulga yuz tutishi)

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

“Hozirgi axborot makonining globollashuv sharoitida hattoki kichkinagina axborot ham yigit-qizlarimizning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga hyech narsa bilan tenglashtirib bo’lmaydigan zarar yetkazishi mumkin”.


Islom KARIMOV


 


          XXI asr zamonamiz yoshlarining hayot tarziga anchayin o’zgarishlar kiritib yubordi. XX asrda yoshlar turli to’garaklarga, sport maskanlariga va kutubxonalarga intilgan hamda bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishgan. Hozirgi asr yoshlarichi? – ko’pchiligi internet kafelarida, ayrimlari har xil texnika vositalari sotiladigan joylarda vaqtlarini besamar o’tkazishmoqda. To’g’ri, ayrim yoshlarimiz internet tarmog’idan foydalanish orqali fanlarga doir yangiliklarni, ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni o’zlashtirayotgan bo’lishi mumkin. Biroq, shunday yoshlarimiz ham borki, hozirgi globallashuv jarayonida jahonda olamshumul o’zgarishlar sodir bo’layotgan bir paytda vaqtlarini behudaga sarflashmoqda. Albatta, ulg’ayib kelayotgan yosh avlod – fan-texnika yutuqlaridan, axborot texnologiyalarining muvaffaqiyatlaridan foydalanishga haqli. Lekin har bir narsaning o’ziga yarasha me’yori mavjud va ularni suiste’mol qilmaslik lozim.


           Axborot tarqatishning eng zamonaviy, samarali va ta’sirchan vositalari oldida o’qituvchining ma’ruzasi zerikarli tusga kirib qolishi tabiiy. Bugunning yoshlari kompyuter, internet, ko’p kanalli teleko’rsatuvlar, video, turli disklar kabilarga “asir” bo’lib qoldi desak yanglishmaymiz.


       Buning oqibati o’laroq, yoshlarning ko’ngli o’qishdan sovib bormoqda, deb o’ylaymiz. Achinarlisi, axborot tarqatish vositalaridan berilayotgan axborot va ma’lumotlar oqimi yoshlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri “filtrlashsiz” qabul qilinmoqda. Bu esa ular ongini zaharlab, ma’naviy-axloqiy dunyosini zaiflashtirmoqda. Tinimsiz axborot oqimi vujudga keltirayotgan muhitda milliy qadriyatlar, o’ziga xoslikni ifodalovchi an’analar zavol topishining oldini olish maqsadida axborot xavfsizligini kuchaytirish; jahon axborot tarmog’idan nimani olish kerak va nimani olmaslik kerak degan tushunchalarni shakllantirish; matbuot va badiiy asarlarda yoshlarimizning yengil-yelpi hayot kechirishiga, sayoz dunyoqarashga chaqiruvchi qissa va hikoyalar chop etilishiga yo’l qo’ymaslik kerak; yoshlarimiz uchun bundan-da a’lo rag’batlantiradigan, qolaversa, ma’nan ham boyishga yordam beradigan milliy ijtimoiy, ta’limiy tarmoqlarimiz sonini ko’paytirish (birvarakayiga ham ijtimoiy tarmoq, ham videoportal, ham forum vazifasini bajaradigan: ZiyoNET kabi) lozim.


 


Dilshod TOSHBEKOV, Rahimjon NORJIGITOV, Samarqand qishloq xo’jalik instituti “Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik” fakulteti talabalari

Axborot xavfsizligi va ma’naviy tahdidlar (Yoshlar bilan o’tkazilgan uchrashuvda yana bir bor muhokama etildi)

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

         Viloyat yoshlar markazida Adolat SDP Siyosiy Kengashi tomonidan ayni mavzuda o’tkazilgan seminarda mavzuning dolzarb jihatlariga alohida ahamiyat qaratilar ekan, bugungi shiddat bilan tobora rivojlanib borayotgan davrda axborot sohasida ham o’ziga xos muammolar yuzaga kelayotganligi alohida e’tirof etildi. Tadbirda O’zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi depuputatlari, Aloqa va axbortlashtirish agentligi yetakchi mutaxassislari, “Kamolot” YoIH faollari mavzuning mohiyatiga ahamiyat qaratib, bugungi kunda axborot xavfsizligi barcha mamlakatlarda yoshlar ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’siri o’tkazibgina qolmay, ularni to’g’ri yo’ldan adashtirish maqsadlariga ham to’la xizmat qilayotganligini qayd etishdi. Quyida e’tiboringizga havavola etilayotgan lavhalar institutimiz talabalar tomonidan mazkur uchrashuvlarda bildirildi hamda yig’ilish ishtirokchilarini mavzu doirasida ng mulohazaga chorladi.


        RAHIM NORJIGITOV (Veterinariya, zootexniya va qorko’lchilik fakulteti talabasi) — Yaqinda ertalab ishga kelish uchun bekatda avtobus kutib turgandim. Bir bola yonimga kelib, o’zini noxushroq ahvolda ko’rsatib, mendan pul so’radi. Bolaning egnida maktab kiyimi, maktab sumkasi bor edi. Hatto sumkasidan kitoblarining uchi ham ko’rinib turardi. Bolakay chamasi 5-sinf o’quvchisi ekanligi sezilib turardi. Nima qilasan pulni, deb so’rasam, “Boshim og’ridi, dori olishimga yordam bering,” – deb javob berdi. Pul berdim-u, negadir shu bolaning dori olishiga shubhalanib, kuzatib turdim. Bekatning orqasida kompyuter klubi bor ekan, shu xonaga kirib ketdi. Birozdan keyin borib qarasam, kompyuterda “Contre Strike”ni miriqib o’ynayotgandi. Bu vaqda soat ham 8:40 lar chamasi edi. Vaholanki, bu vaqtda o’quvchilar darcning 10-daqiqasini o’tayotgan bo’ladi.


          Dilshod Toshbekov: (Veterinariya, zootexniya va qorko’lchilik fakulteti talabasi) — Inson bu dunyoning sir-asrorlarini yetarli darajada anglashi, o’zining kim ekanini bilishi va hayot mazmunini tushunishi kerak. Bugungi kunda buning yagona yo’li barkamol shaxs sifatida voyaga yetish bo’lib qoldi. Barkamol shaxs bo’lish uchun o’z nafsini tiya bilish, kasb mahoratini egallash va odam bo’lib yashash ko’nikmasini hosil qilish kerak. Bularning barchasi bir so’z – bilmoq (ma’rifat) zamirida jo bo’lgan. Bilimli kishi jaholat, nodonlik va yovuzlikka qo’l urmaydi. Bu — “jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyilining mazmunidir. Ma’lum bo’lmoqdaki, fikr, g’oya va ma’rifat har qanday shaxsni, jamiyatni himoya qila oladi.



 


SamQXI “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti


 

Ko’chadagi muammolar talabalar nigohida

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

      O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2124-sonli “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi yuzasidan institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti bilan birgalikda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning kuni kecha “Sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashning qonunchilik asoslari” mavzusida seminar o’tkazildi.      


     Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Farmon Toshev hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari ishtirok etdilar. Tadbirda iqtidorli talabalar, magistrantlar, yosh olimlar hamda professor o’qituvchilar qatnashib, bugungi yoshlar uchun mamlakatimizda yaratilib berilgan keng ko’lamdagi shart-sharoitlar, mamlakatimizda kechayotgan islohotlarning mazmun mohiyati hamda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etuvchi illatlar, “Axborot hurujlari” va boshqa qator mavzular bo’yicha o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.


       Seminar magistrant Dilmurod Shonazarov tomonidan institut yaqinida faoliyat ko’rsatayotgan chilim-xona haqida tanqidiy fikrlarni ham bildirib o’tdi. Mazkur mavzu yuzasidan “Zarafshon” gazetasining 22-may sonida “Institut yonida chilimxona faoliyat ko’rsatishi mumkinmi?” nomli tanqidiy maqola e’lon qilindi.


 


SamQXI “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti


 


 

“O’zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida”gi qonun ijrosi amalda

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

      “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida”gi qonun ijrosi yuzasidan institutda viloyatdagi tijorat banklari xodimlari bilan hamkorlik asosida bitiruvchilar va bank xodimlarining uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda. Tadbirdan asosiy ko’zlangan maqsad mazkur qarorda belgilab berilgan vazifalarda ko’rsatilganidek, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun imtiyozli ravishda banklardan berilayotgan kreditlar to’g’risida to’liq ma’lumotlar berishdir. Banki mutaxassislari ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalar hamda banklar tomonidan bitiruvchi talabalarga imtiyozli kreditlar berish tartiblari hamda ayni vaqtda bakalavriat va magistraturada ta’lim olayotgan talabalarga ta’lim kreditlari berish tartib-qoidalari haqida talabalarga tegishli ma’lumotlarni tushuntirib bermoqdalar. Shuningdek, o’tkazilayotgan uchrashuvlarda talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan tegishli javoblar olishyapti. Ma’lumot o’rnida aytib o’tish joizki, bank xodimlari bilan keyingi uchrashuv shu yilning 3-iyun kuni o’tkaziladi.



SamQXI “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi va deputatlar bilan uchrashuv

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

       Ma’lumki, barcha viloyat va shaharlarda bo’lgani kabi Samarqand shahrida ham keyingi yillarda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, tobora obod va ko’rkamlik kasb etib borayotgan keng va ravon ko’chalarimiz, madaniy va istirohat bog’larimizni ko’rib kishini ko’zi quvnaydi. Albatta, bugungi yoshlarimiz yurtimizda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlarini hamda ular uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar hamda shart-sharoitlarni ko’rib, ko’ngillaridan bir fikr o’tadi, hech kimdan kam bo’lmagan darajada o’qib izlanishlarimiz yo’lida bizlarga shunday keng imkoniyatlar yaratib berilayotgan ekan, albatta, buning uchun faqat va faqat o’qib, oldinga odimlash zarur. Buning uchun mamlakatimizda barkamol avlod uchun huquqiy poydevor yaratilgan bo’lib, ya’ni, “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi qonun bugungi kunda ularning huquq va manfaatlarini to’liq himoya qilmoqda.


      “Sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashning qonunchilik asoslari” mavzusida institutda o’tkazilgan seminarning bosh mavzusi ham aynan shu mavzuga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Seminarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi – Farmon Toshev, viloyat “Nuroniy” jamg’armasi raisi – Xasan Normurodov, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatlari –Jamshid Abdullayev hamda Bahodir Sharopov, shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi xodimi – Sheroz Shodiyevlar ishtirok etib seminar mavzusining mazmun-mohiyati xususida ma’ruzalar qildilar.


        Ma’lumki, joriy yilning 6-fevralida davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimiz yoshlarining huquqlari va burch hamda majburiyatlarini belgilab berish uchun tegishli asoslar mustahkamlab qo’yildi. Bu esa o’z navbatida yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. O’tkazilgan seminardan ham asosiy ko’zlangan maqsad mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalar hamda taklif va mulohazalarni o’rtaga tashlashdir. Albatta, tadbirda tanlangan mavzuning dolzarbligi va mazmuni mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ular uchun barcha zarur sharoitlarni muhayyo etish davlatimiz siyosati darajasidagi ustuvor masalalardan biri bo’lib, bu haqda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Farmon Toshev o’zining qiziqarli mulohazalarini bildiradilar. Tadbir savol-javob tarzida o’tkazilganligi bois, “Kamolot” YoIH institut boshlang’ich tashkiloti faollari hamda iqtidorli talabalar, magistrantlar joriy yilning 6-fevralida davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroridan kelib chiqadigan vazifalar bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga tadbirda tegishli javoblar oldilar.


 


Institut “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti

Birlashib – biz katta kuchmiz!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

 


Samarqand shahrida shu shior ostida yoshlar festivali bo’lib o’tdi


 


      Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan yosh avlod ta’lim tarbiyasi, ularning o’qishi va o’z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida tizimga katta e’tibor qaratilib, yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Shuningdek, bu boradagi ezgu ishlarni yanada davom ettirish maqsadida yoshlarning haqiqiy tayanchi va suyanchi deya e’tirof etilgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faoliyati yo’lga qo’yildi.


         Aytish kerakki, yoshlar bugun o’z shijoati va g’ayratini “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatisiz tasavvur eta olmaydi. Chunki, “Kamolot” bugungi kunda yoshlarning yetakchisiga aylanib ulgurdi hamda o’z maqsad va intilishlari bilan tarkibiga necha-necha ming yoshlarni birlashtirib, ularning ezgulik yo’lidagi maqsadlarini ro’yobga chiqishlarida yaqindan yelkadosh bo’lib kelmoqda.


        Prezidentimizning joriy yil 6-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda kuni kecha “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topgan kun munosabati bilan Samarqand shahrida o’tkazilgan “Birlashib – biz katta kuchmiz” shiori ostida o’tkazilgan tadbirlarda ham viloyatimiz yoshlari munosib ishtirok etishdi. 


 



         Tadbirlar shahrimizdagi “Hazrati Hizr masjidi — Afrosiyob” muzeyi – Ulug’bek rasadxonasi” yo’nalishida yugurish marofonidan boshlandi. Mazkur tadbirda institutimiz iqtidorli talabalari ham qatnashib tadbirni yuqori saviyada o’tishiga o’z hissalari qo’shdilar.


Muhammad Yusuf - el sevgan shoir

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

         2014-yil – “Sog’lom bola” yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturida deyarli sog’lom avlod shakllanishining barcha sohalardagi asoslarini yanada mustahkamlash bo’yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab berilgan. Mazkur davlat dasturidan kelib chiqqan vazifalarda o’sib kelayotgan yosh avlodni ham ma’nan ham jismonan baquvvat insonlar bo’lib yetishishlarida adabiyot, san’at va madaniyat namoyondalri hamda ularning ijod mahsulllarini targ’ibot qilish orqali yoshlarni ma’naviyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarining bajarilishga alohida ahamiyat qaratilgan. O’zbekiston xalq shoiri Muhaamad Yusuf tavalludining 60 yillgini nishonlash to’g’risidagi qaror ijrosini ta’minlash ham ma’naviyat sohasidagi xuddi shu kabi ishlarning yana bir davomidir.


             


         Samarqand qishloq xo’jalik instituti ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, o’zbek tili va chet tillar kafedrasi hamda axborot resurs markazi bilan birgalikda 24-aprel O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligiga bag’ishlangan “Ko’ngil mulkini oshufta aylagan ajdodlarimiz merosi-hamisha barhayot” nomli adabiy-badiiy anjuman o’tkazildi. Anjumanda SamQXI rektori professor T.E.Ostonoqulov, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor A.Xamzayev, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i O.Haydarov, o’zbek tili va chet tillar kafedrasi mudiri S.Sobirov, kafedra jamoasi va institut talabalari qatnashdilar.


Viloyat hokimining yoshlar bilan uchrashuvi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

       Shu yilning 15-fevral kuni Samarqand shahridagi SAMAVTO avtomobilsozlik zavodida hamda Samarqand Davlat tibbiyot institutining 1-klinikasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda “Iqtidorli yoshlar — qudratli mamlakat tayanchi” shiori ostida Samarqand viloyat hokimi Zoir Mirzayevning yoshlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.


     Tadbirda Samarqand shahridagi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining iqtidorli va bitiruvchi talabalari ishtirok etdi. Institutimizdan ham ushbu tadbirda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilotining faol a’zolari va iqtidorli talabalardan 50 nafari qatnashdi.


      Yig’ilishni Samarqand shahar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Kengashi raisi Rustam Qobilov ochib berdi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorining ijrosidan kelib chiqadigan vazifalar to’g’risida fikr mulohazalar yuritdi.



       Shundan so’ng so’z Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzayevga berildi. Viloyat hokimi dastlab o’z so’zida bugungi yoshlar eng baxtli yoshlar, ularga davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgan, bu yoshlar ertangi kelajagimiz egalari, deya ta’kidladi. O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorning mohiyati xususida ham viloyat hokimi o’z fikrlarini bildirib, ushbu hayotiy dastur yoshlarning oldiga qo’ygan maqsad va orzularining ro’yobga chiqishlarida asosiy huquqiy xujjatligini alohida e’tirof etdi. Z.Mirzayev o’z so’zida Prezidentimiz tomonidan yoshlarning hyech kimdan kam bo’lmagan holda ulg’ayib, mamlakatimizning tayanchi va suyanchi bo’lishlarida ularga yaratib berilayotgan keng ko’lamdagi imkoniyatlar haqida ham aniq misollar yordamida mulohaza yuritdi.


Dunyoni lol qoldirgan sarkarda

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

“Kimki, o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini,adolat parvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini yodga olmog’i lozim”.


Islom Karimov


 


      Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoillari asosida rivojlanish va taraqqiy etish yo’lida dadil qadam qo’yib, o’z milliy davlatchiligini qayta tiklayotgan kelajagi buyuk Mamlakatimiz bu borada umumbashariy taraqqiyotga boshqa xalqlar erishgan tajribalarga ayniqsa ijtimoiy qadriatlarga suyanmog’i lozim. Yurtboshimiz takidlaganlaridek, “Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyatlar paydo bo’ldiki, biz bosib o’tgan yo’limizni tanqidiy baholab, Milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk mamlakatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o’tmishdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etmog’imiz kerak”. O’zbek xalqi dovrug’ini butun dunyoga taralishida o’zining betakror dahosi bilan jahon tafakkur va madaniyat xazinasining boyib, takomillashib borishiga bebaho ulush qo’shgan Imom Al-Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Xo’ja Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Abdulla Qodiriy singari atoqli ajdodlarimizning o’rni va ro’li beqiyosdir.Tavalludining 678 yilligi ulkan tantanalar va ko’tarinki ruh bilan nishonlanishi kutilayotgan:- XlV-asrning o’rtalarida siyosiy maydonga chiqib, Movorounahrda bir yarim asr davom etgan mo’g’ul xonlari zulmi va istibdodiga barham bergan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, harbiy jihatdan kuchli markazlashgan, mustaqil davlat barpo etishdek oily maqsadga bor kuch-g’ayratini, bilimini, istedodini, qobiliyatini bag’ishlagan, o’z g’oyalarining ushalishi yo’lida Dashti Qipchoq, Xorazm, Hindiston, Eron, Iroq, Shom, Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr kabi mamlakatlar va yurtlarga harbiy yurishlar qilgan, davlat arbobi, buyuk bobokalonimizning hayoti va faoliyati mana bir necha yuz yillardan buyon tarix sahifalaridan o’rin olib kelmoqda.Sohibqiron Amir Temur-buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda,yirik davlat arbobi, qonunshunos, notiq shu bilan birga,el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.U kishining butun faoliyati,ulkan davlatni barpo etishdagi ulug’ xizmatlari,Turon zamininig mudofaa qudratini oshirishdagi sa’y-harakatlari,uning o’gitlari-yu,”tuzuklari” bunga yaqqol misoldir. Uning jahonshumul obro’-e’tibor va shon-shuhrat qozonishida bosh omil hisoblangan jihat, ya’ni sarkardalik va bunyodkorlik dahosi, harbiy iste’dodi hamda mahorati jahon harbiy san’atiga qo’shgan ulkan hissasi borasida ko’pdan-ko’p fikr-mulohazalar ,e’tiroflar bildirilgan.Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning erta paydo bo’lishida otasi, amir Tarag’ayning katta ta’siri bor. Amir Temur qadimgi zamon va o’rta asrlarda faoliyat ko’rsatgan uch buyuk sarkardalardan biri hisoblanadi.U jahon harbiy san’ati rivojlanishiga nihoyatda katta hissa qo’shdi.