avatar
Куч
591.20
Рейтинг
+246.60

Samarqand VMI

Мақолалар

SamQXIda Parlament soati

Блог им. samarqand2012
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda 4 ta siyosiy partiya faoliyat yuritishmoqda. Ushbu, partiyalarning asosiy maqsadi- xalq farovonligini yuksaltirishdir. Shu munosabat bilan barcha siyosiy partiyalar yurtimiz bo’ylab targ’ibot ishlarini olib borishmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi “Adolat” sotsial demokratik partiyasi ham joylarda Parlament soatlarini tashkillashtirmoqda. Xususan, partiya elektorati vakillari joriy yilning 7-aprel kuni Samarqand qishloq xo’jalik institutida Parlament soatini olib borishdi. Parlament soatida institutimizning professor o’qituvchilari hamda faol va iqtidorli talabalari, partiya a’zolari ishtirok etishdi. Tadbirni institutimiz rektori T.E.Ostonaqulov kirish nutqi bilan ochib berdi. Shundan so’ng “Adolat” sotsial demokratik partiyasi vakili, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Senatori N.R.Rabbimova so’zga chiqib, bugungi kunda, yurtimizda bo’layotgan siyosiy jarayonlar xususida to’xtalib o’tdi.
Parlament soati davra suxbati tarzida bo’lib o’tdi. Yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Barcha ishtirokchilar davra suxbatining erkin tarzda bo’lib o’tganligidan mamnun bo’lishdi. Tadbir so’ngida ishtirokchilar siyosiy bilimlarini o’rtoqlashganligi uchun partiya elektorati vakillariga o’z minnadorchiliklarini bildirishdi.
Bu kabi, Parlament soatlarini yanada ko’proq bo’lishi haqida o’z fikrlarini bildirishdi.

samqxi

samqxi

samqxi

SamQXI “Kamolot” YIH BT faoli
Veterinariya, zootexniya va
qorako’lchilik fakulteti
111-guruh talabasi
Boymurzayeva Adliya

Buyuk sarkarda Amir Temurni yod etib

Блог им. samarqand2012
Bu yil buyuk jahongir bobomiz Amir Temur tavalludining 679 -yilligi Respublikamiz bo’ylab keng nishonlanadi. Biz buyuk siymo bo’lgan bobomizdan faxrlanamiz. Shunday inson bu zaminda tug’ulib yashab o’tganidan behad g’ururlanamiz.
Amir Temur nafaqat o’z yurti rivojiga xissa qo’shgan, balki butun dunyo rivojida muhim o’rin tutganini e’tirof etishimiz lozim. O’sha davr me’moriy yodgorliklarini qurishda, san’at sohasi, adabiyot rivojiga beqiyos xissa qo’shganini bizga ulkan meros qoldirilganini butun dunyo tan oladi.
Shu o’rinda hozirgi davrimiz yoshlarini ham bir eslab qo’yaylik. Bu xususda mubolag’a qilish shart emas. Ammo, oldingdan oqqan suvning qadri bo’lmaydi. Til o’rganishga, sport bilan shug’ullanishga, ilm- fan olamida kashfiyot qilishga hamma narsa muhayyo, sharoitlar yetarli. Yetakchi, intiluvchan, iqtidorini namoyish etish istagida yongan yoshlar tashabbusi bo’lgan “Kamolot” yoshlar-ijtimoiy harakatining tasis etilganini milliy g’urur deb bilamiz.
Biz yoshlar, shunday asrda yashayapmizki, bizning bir on ham to’xtashga haqqimiz yo’q. Zero, tinim bilmay ishlaydigan, bor kuch g’ayrati bilan oldinga intiladigan, charchash nimaligini bilmaydigan zamonda yashamoqdamiz. Bir joyda qotib to’xtab, yutuqlardan quvonib sarmast bo’lib o’tiradigan fursat emas.
Aslida har bir qilinayotgan ishlarga haqiqiy baho berilayotgan bo’lsagina, kishida o’z-o’zidan g’urulanish, qilgan ishlaridan mag’rurlanish, kelajakda borini berib o’zini ko’rsatish imkoni bo’ladi. Ko’pincha, buyuk shaxslar haqida gap ketganda, ularga o’xshashga, ulardek bo’lishga harakat qilamiz-u harkim ham ulardek bo’la olmasligi haqida bilimdonlik ham qilib qo’yamiz. Bunday kishilar har yuz yilda bir bora tug’ilishi haqida bashorat qilib qo’yamiz.
Amir Temur:
Birinchidan: og’ir vaziyatda yurt g’amini, yelkasiga olgan. Ya’ni mo’g’ullar istibdodiga qarshi turgan. Og’ir vaziyatdan o’z yurtini olib chiqqan.
Ikkinchidan: Amir Temur hushyorlik, maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyorlik bilan ish yuritib, mamlakatlarni bo’ysundirgan bo’lsa, xuddi shunday vaziyat bilan yurt tinchligi, shu diyorning jahon hamjamiyatidagi o’rnini obru e’tiborini saqlab turgan. Uchinchidan Amir Temur qonun-qoidalarga tayanib boshqaruvni amalga oshirgan. Bu borada har doim oqilona yo’l tutganligini tarixdan xulosa chiqarib ta’kidlash lozim. To’rtinchidan puxta o’ylab qilingan ishlarni azm-u jazm bilan nihoyasiga yetkazgan. Bu borada har qancha maqtovga arzigulik ishlarni amalga oshirgani haqiqat. Bunday misollarni juda ko’plab keltirishimiz mumkin.
Ushbu xulosalarni bildirishimizdan maqsad yoshlarimizdan yanada faollikni so’rash til o’rganishga harakat qilayotgan, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarni yanada olg’a borishga chaqirish. Ayrim yengilning ostidan, og’irning ustidan yurishga o’rganib qolayotgan uka singillarimizni tarbiyalab borish, ularga namunaviy o’rnak bo’lish, imkoniyatlardan samarali foydalanish yo’llarini o’rgatib borishdan iboratdir. Chunki, kasalni davolagandan ko’ra, uning oldini olgan ma’qul. Biz qanday yo’l tutsak, bizdan keyingilar ham shunday yo’ldan borishadi. Ey, ahli yoshlar ilm bu nur, bu nurdan bahramand bo’lish, haqiqat uchun kurashib yashash eng oliy baxt. Pravard maqsad yuksak bilim, intellektual salohiyat egasi bo’lishdan iborat ekan, o’z o’rnida haqiqiy bilim, egasini yuksaklarga ko’taradi, yangi marralar sari, yo’l ochadi.

Allamurotov Nurmurod Veterinariya,
zootexniya va qorako’lchilik fakulteti
105-guruh talabasi “Nihol” talabalar
san’at va badiiy ijodkorlik klubi a’zosi

Munosib g’alaba

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

    Joriy yilning 3-aprel kuni “Sug’diyona futzal sport komleksi”da futzal bo’yicha Samarqand viloyatidagi mavjud barcha oliy ta’lim muassasalari  o’rtasida “Kamolot” YIH tamonidan har yili ananaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Kamolot-kubogi” turniri bo’lib o’tdi. Bunda institutimiz jamoasi munosib  ishtirok etdilar.    Dastlab, institutimiz jamoasi Samarqand Davlat Chet tillar instituti terma jamoasiga  qarshi maydonga  tushib ilk o’yindayoq yirik 11:3 hisobda ishonchli g’alabani qo’lga kiritib, yarim finalga  yo’l olishdi. Yarim finalda  bizga Samarqand Davlat Tibbiyot instituti terma jamoasi raqib bo’ldi. Ikkinchi o’yinda ham yigitlarimiz ishonchli o’yin namoyish etishib, yana bir yirik 6:1 hisobida g’alabani qo’lga kiritib, final bosqichiga yo’l olishdi.



O’zbekiston: kecha, bugun, ertaga

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

   Mustaqil yurtimiz ozodlikka erishganiga boshqa yuksalgan davlatlarga nisbatan vaqt hisobida ko’p bo’lganiga qaramay, jadal o’sib bormoqda. Bunga biz qanday erishdik, albatta, bu yo’lda ko’p insonlarning fidokorona mehnati singan.


   Bizning har bir fidokorona mehnatimiz keyingi avlodlarga qoldirayotgan merosimizdir. Bizning ezgu maqsadimiz, bunyodkorliklarimiz, mana shu Vatan tuprog’idan quvvat olib o’sayotgan har bir nihollarimizga mustahkam zamindir. Go’zal diyorimizga tinch, osuda hayotimizga kimlar o’z hissalarini qo’shgan, bu merosni qay darajada asrab avaylayapmiz bilmadim, ammo, o’tmishda o’tgan bobolarimiz qanchalik fidokorlik ko’rsatganini bilamizku. Ular qilgan ishlar afsonalarga teng ekanligi haqiqatku. Yurt ozodligi uchun kurashgan Spitamen, To’maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi mard, jasur ajdodlarimizdan nafaqat faxrlanishimiz, balki, ularga munosib avlodlar bo’lishimiz kerak. Ular qatoriga kiruvchi, qo’liga ma’rifat qurolini olgan xalqning ko’r ko’ziga davo uchun qalamdan, nur qog’ozdan dunyo yaratgan ma’rifatparvar vatandoshlarimiz mehnati qanchalab singdi.



1-Aprel hazil-mutoyiba kuni

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

   Kuling, umringiz uzayadi desam fikrimga qo’shilasizmi? Aytishlaricha, o’n daqiqa miriqib kulgan insonning umri sezilarli darajada uzayar ekan. Kulgu nafaqat, insonni yoshartiradi, balkim sog’lomlashtiradi va albatta yaxshi kayfiyat tortiq etadi.           Statistik ma’lumotlarga qaraganda, chin dildan kulgan insonning yuz mushaklari harakatlanib, yuzga ajin tushushini oldini olar ekan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda tabobatda “kulgu terapiya” bilan davolash usullari ham mavjud ekan. U asablarni tinchlantirib, kayfiyatni tez muddatda ko’tarilishiga yordam beradi.    


 


Yoshlar bahsi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

         Bugungi kunda yoshlarga yaratilib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida qancha gapirsak ham oz. Ayniqsa, ular bugun erkin fikrlarini bemalol bildira olishadi. Har qanday mavzuda hech ikkilanmay o’z fikrlarini ayta olishadi. Mana  shunday ilg’or  yoshlarning teran fikrlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Respublikamiz miqyosida bir qator amaliy-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.


       Mana shunday tadbirlardan biri Samarqand Qishloq xo’jalik instituti “Kamolot” YIH boshlang’ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan  “Munozara”  debat-klubi alohida ahamiyatga ega. Ushbu klub tashkil etilganidan buyon ko’plab talabalarda qiziqish uyg’otdi. Natijada, ko’p sonli  yoshlarimizning talab va iltimoslariga binoan,  “Munozara”  bellashuvi fakultetlararo tashkil etildi. Dastlab institutimizning “Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik”  fakulteti va  “Agronomiya” fakultetining  talabalari jamoalari 26-mart kuni “Gumanitar fanlar aniq fanlardan muhim” mavzusida o’zaro bahs olib bordilar.  Ushbu  bahsda “Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik”  fakulteti talabalari jamoasi 20.4:17.8 ball farqi bilan g’oliblikni qo’lga kiritishdi va final bahsiga birinchilardan bo’lib yo’l olishdi.



“Kamolot” bizning harakat

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан
    Samaraqand qishloq qishloq xo’jalik instituti “Kamolot” YIH BT tashabbusi bilan  boshlang’ich tashkilot kengashi a’zolari, yo’nalish sardorlari va faollari guruxlarga bo’lingan xolatda 2-aprel kuni  institutda tahsil olayotgan barcha fakultetlardagi I-bosqich talabalari bilan “Kamolot” bizning harakat” shiori ostida davra suxbatlari tashkil etildi.  
  Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati haqidagi tasavvurlarini yanada kengaytirish, iqtidorlarni yuzaga chiqarish, yoshlar muammolarini tinglash, talabalarnning qiziqtirgan savollariga javob berish shuningdek, institutning eng ilg’or iqtidorli talabalarini va stipendiatlarini I-bosqich talabalariga tanishtirish hamda ular bilan muloqat (davra suxbati) uyushtirish.     
   Tadbir davomida 2014-2015 o’uv yili uchun nufuzli davlat stipendiatlari “Beruniy” Qo’chqorov Hakimjon Hasanovich, “Navoiy” Allayorov Muzaffar Mamadiyarovich hamda “Kamolot” stipendiyasi soxibasi Qayumova Zilola Bahodir qizi va bir qancha iqtidorli talabalar yoshlar bilan muloqatda bo’lishdi. Xar bir auditoriyadan qizg’in savol-javoblarning sadosi eshitilib turardi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishdi. Shuningdek, talabalar e’tiboriga  “Kamolot” YIH haqidagi videofilm ham namoyish etildi. Davra suxbati barchaga manzur bo’ldi. Buni talabalarning yuz ko’rinishidan fikrlaridan ham bilsa bo’ladi.        
     Rahimova Sitora Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti I-bosqich talabasi:-  Bugungi davra suxbati barchamizga manzur bo’ldi. Ayniqsa, nomdor stipendiya soxiblari bilan bo’lgan muloqot menda katta taasurot uyg’otdi. Men ham bundan buyon o’z tashabbuskorligimni namoyish etaman deb o’zimga-o’zim so’z berdim. Bunaqa uchrashuvlar ko’proq bo’lishini xoxlaymiz.  
  Do’stmurodova  Dilnora  Agronomiya fakulteti I-bosqich talabasi:- Bugun men “Kamolot” YIH haqidagi bilimlarimni yanayam boyitdim. Yoshligimdan ijodiy sohaga qiziqaman bo’sh vaqtlarimda she’r yozib turaman.  Bundan buyon iqtidorimni yanayam yuksaltirishga  “Kamolot” yordam beradi. Institutimiz boshlang’ich tashkilotiga bugungi  davra suxbati uchun minnatdorchilik bildiraman.
Samarqand qishloq xo’jalik instituti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti tamonidan bu kabi davra suxbatlari xali davom etadi.
<
 

 

 

 
 
 
SamQXI “Kamolot” YIH BT “Iqtidorli yoshlar 
va yosh olimlar bilan ishlash yo’nalishih” sardori
Norjigitov Rahimjon

YOSHLARNING KOMIL INSON BO’LIB YETISHISHIDA SIFATLI TA’LIM OLISHNING O’RNI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан
    O’zbekiston katta yo’l ostonasida. Bu borada yosh avlodning o’rni qanday ta’lim borasida talabga javob beradigan darajada bilim olishga erisha olayapmizmi?
   Vatan  ostonadan boshlanadi deydi, dono xalqimiz.  Bu borada yoshlarning fikri qanday, umuman olganda, komillik sari  intilayapmizmi? Yigitlar kun kelib oila boshlig’i bo’lishadi, qizlar esa mehribon beka. Bu dargohda har kimning o’z o’rni, o’z mas’uliyati belgilab qo’yilgan. Vazifamizni a’lo darajada bajarishimiz uchun chinakam komil inson bo’lib yetishmog’imiz zarur.     Yoshlikda qilingan har bir xatti-harakat  o’z  mevasini beradi. U  xoh achchiq bo’lsin, xoh shirin shunday ekan, qilgan ishlarimizga javob berishga  tayyor turmog’imiz, har bir ishning oqibatini o’ylab qilishimiz lozim. Ayni lahzada, men bilan oshno bo’layotgan do’stim, o’ylab ko’r, o’zing ham ota-onang ham orzu havasli. Vaqti kelib, oila qurishingni istaydi.  
   Albatta, oila qurishning asosida avlodlar uzluksizligi yotadi.  Avlodlar, shajara mavqeyi, uning  nomi, butunligini saqlashida berilayotgan tarbiyaning o’rni beqiyosdir.
Bu mas’uliyatli ishda ota-onang, sening o’rning alohida. Aytmoqchimanki, bu  ishlarning  negizida ma’naviy  sog’lom bo’lishlik yotadi. Ma’naviy  sog’lom har bir yosh avlod esa yoshlik chog’ida bilim olishni birinchi o’ringa qo’yadi. Chunki egallayotgan bu kasbi  uning hayot yo’lida najoti,  oilasiga olib kelayotgan har bir halol luqmasidir. Harom aralashgan yoki nohaq olib kelingan rizq, qo’yilgan dasturxon va undan taomlangan  bolalarning kelajagi yorug’ bo’lishi dargumon.                                                                                                Shunday  ekan, o’z kasbining mutaxassisi bo’lgan inson aslo  bunday bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.  Shukurki, dildan his qilib hayot mazmunini anglagan yoshlar kam emas, ammo, jamiyatda bitta nodon bo’lsa ham ko’p, yuzta dono bo’lsa ham kam. Oqil inson ulug’ yo’l ostonasiga olib chiqqan bir paytda ko’pchilik yoshlar imkoniyatni yo’qqa chiqarish bilan ovora bo’lsak,  boriga shukr qilishni o’rganmasak,  bu isrofgarchiliklar vaqti kelib ko’zni ko’r  qilmaydimi. Keyingi avlod bizdan talab qilsa, nima degan odam bo’lamiz, nima deb  javob beramiz.    
    Prezidentimiz aytganlaridek, o’z uyimizni  chetdan birov kelib obod qilib bermaydi, o’z–o’ziga  javobgarlik  hissi shiorimiz bo’lishi kerak. Oliygohni bitirib yetarli bilim, ko’nikma bo’lmasa qanday qilib yuksalgan davlatlar qatoriga chiqishimiz,  jahon hamjamiyatida o’z o’rnimiz bo’lishi mumkin. Komillik shunday narsaki,  u sening yutug’ing,  to‘siqlardan mardonavor o’tishing,  ahli dunyodan  kam emasliging.
     Komillik shunday so’zki, uning  zamirida farovonlik, haqqa intilish, ma’naviy yuksaklik, terminlari yotadi.  Bu yo’lda sportning  ham o’rni  beqiyos bo’lib, u insonni  ham  ma’nan, ham jismonan  chiniqishiga  yaqindan ko’maklashishi  bilan bir qatorda,  oldidan  chiqqan har bir  to’siqni mardonavor yengishga yordam beradi.          Sport, bu ojizlarni himoya qilish,  o’ziga ishonch tuyg’usi oshiradi. Yetarli bilim olishga kelganda esa, irodamizni  mustahkamlaydi.  O’ziga  ma’naviy to’q,  yigit-qiz komillik sari intilar  ekan, bu yo’lda unga  hamroh, chinakam bilim, tarbiya. O’qituvchilar  faqat bilim berib qolmasdan,  ma’naviyat    shakllanishida  muhim o’rin  tutishlari  sir  emas.  
    XXI asrda kompyuterni bilish chet tilini o’rganish talab etiladi.  Agar komil inson bo’lib yetishsak, yetakchi davlatlar qatorida o’z o’rnimiz  bo’ladi. Prezidentimiz  shu  so’zlarga  alohida e’tibor  qaratib,  yoshlarning,  dunyoning mana-man degan   fan fidoyilari  bilan fikr  almasha oladigan darajaga yetishishlari  uchun  hamma  shart- sharoitlarni  yaratib bergan.  Bizdan esa, faqat  yetarli mahorat  talab  etiladi.
     Komillik  ma’naviyatimiz to’liqligi,  shunday  ekan,  ongimizda bo’shliq bo’lmasa,  unga hech kim  ega  chiqa olmaydi.
   So’zim oxirida  shuni aytamanki, “Biz hech kimdan kam emasmiz va, albatta, hech kimdan kam  bo’lmaymiz!”.
 
Alamuratov Nurmurod
Veterinariya, zootexniya va qorakolchilik
fakulteti 105-guruh talabasi
Nihol va badiiy ijodkorlik klubi

Men –kelajagim uchun ovoz berdim!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

  Joriy yilning 29-mart kuni O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining barchasi erta tongdan o’zlari yashaydigan xududdagi saylov uchastkalariga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish uchun yo’l olishdi. Samarqand qishloq xo’jalik institutida ta’lim olayotgan jami 4566 nafar talabalar ham siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishdi. Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 3472 nafar talaba yoshlar o’z yashash xududidagi saylov uchastkalarida, qo’shni viloyatlardan kelib tahsil olayotgan qariyb 851 nafar talabalar esa Samarqand shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasasi yaqinidagi 105-112- saylov uchastkalarida ovoz berishdi. Saylov kuni talabalarga institut ma’muriyati tamonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.


  Shular jumlasiga ertalabdan doshqozonlarda damlangan palovni hamda ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar qatorida yosh, iste’dodli el suygan xushovoz xonandalar ishtirokidagi konsert dasturini, sport tadbirlari doirasida uyustirilgan futbol, voleybol, qo’ltopi va stoll tennis kabi, sport musobaqalari tashkil etilganini misol keltirsak bo’ladi. O’sha kuni saylov talabalar festivaliga aylanib ketdi desak yanglishmaymiz.


  Qulmanova Xulkar Surxondaryo viloyatidan Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti talabasi: — Men erta tongdan tengdoshlarim qatori Konstitutsion huququmdan foydalanib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashdim va o’zim uchun munosib nomzodga ovoz berdim.


   Biz uchun institutimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berildi. Konsert dasturi barchamizga manzur bo’ldi.


Mansurov Jaloliddin Farg’ona viloyatidan Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti talabasi: — Bugun men o’z kelajagim uchun munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim. O’ylaymanki, saylovda ishtirok etgan barcha tengdoshlarim xursand, ular orasida ilk bor Prezident saylovida ishtirok etganlar soni salmoqli. O’z ovozimizni berib kelganimizdan so’ng institutimiz ma’muriyati tamonidan tayyorlangan palov, uyushtirilgan sport musobaqalari va konsert dasturi barchamizga xushkayfiyat bag’ishladi. Bu kabi tadbirlarni tashkillashtirgan institutimiz raxbariyatiga barcha talabalar nomidan minnatdorchilik bildiraman.  


    Shu bilan birgalikda talabalarga uyushtirilgan tadbirlar doirasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Pardayevning ishtirok etishi va yoshlar bilan muloqoti tadbirga o’zgacha ruh bag’ishladi.


SamQXI “Kamolot” YIH BT


“Iqtidorli yoshlar va yosh olimlarbilan


ishlash yo’nalishi” sardori R.Norjigitov


 



 



 



 



 



 



Samarqand davlat universtitetida seminar -trening bo’lib o’tdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

   O’zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi hamda markaziy kengash qoshidagi “O’quv-uslubiy markaz” nodavlat ta’lim muassasasi va Samarqand viloyat kengashi hamkorlikda 27-mart kuni Samarqand davlat universtitetida, shaharda  mavjud, faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari boshlang’ich tashkilotlari kengash a’zolari, fakultet yetakchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.


    Seminarda markaziy kengash qoshidagi “O’quv-uslubiy markaz” direktori D.Shodiyeva raxbarligida malakali mutaxasislar turli yo’nalishlarda qiziqarli seminar mashg’ulotlari o’tishdi. O’quv-seminarida Samarqand qishloq xo’jalik instituti “Kamolot” yoshlar ijtomoiy harakati  boshlang’ich tashkiloti Kengashi a’zolari, yo’nalish sardorlari,  fakultet yetakchilari hamda talabalar turar joylaridagi sardorlari  faol ishtirok etishdi.



«ИШИД фитнаси» дан огоҳ бўлайлик!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

                                        


                                         «Ўзбек халқига тинчлик ва омонлик керак»


Ислом Каримов.


 


     Бугун шиддат билан ривожланиб бораётган таҳликали замонда ҳар бир инсон тинч, хотиржам яшашни исташи табиий, ҳатто уни қумсаб яшаётганлар ҳам йўқ эмас. Неча йиллардан бери глобал муаммолар саналган диний экстремизм ва терроризм тарафдорлари ҳали ҳам ўзларининг ғаразли


Qut baraka muborak

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

    Qishning qorli, qirovli kunlari birin-ketin tugab tevarak-atrof yashillikka burkanmoqda. Qir-adirlarda eriyotgan qorlar ostidan bahorning ilk darakchisi boychechak bo’y cho’zmoqda. Tarnovlarda sumalaklar chak-chak tomchilashi xuddi musiqa sadolariga o’zshaydi.


    Xuddi fasllar kelinchagi bahoroy men keldim deya qo’shiq aytayotganday. Xovlilarda musichalarning sayrashi ham o’zgacha. Xoynaxoy qishdan talofatsiz chiqqaniga xursandligidan shukronalik qo’shig’ini kuylayotganday. Chumchuqlar ham serharakat bo’lib qolishgan.  



“Munozara” bellashuvlari – yoshlarni teran fikrlashlariga ilk qadam sifatida

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

   Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  islohatlarning  muhim  yo’nalishlaridan  biri  sifatida  “Yoshlarga  oid  siyosat”ni  ko’rsatib  o’tish  mumkin. Hech  kimga  sir  emaski, bugungi  kunda  yurtimizning  barcha  hududlarida  yoshlarning  ma’naviy  salohiyatini  oshirish, ularning  dunyoqarashini  kengaytirish, bilim  va  ko’nikmalarini  oshirish, kelgusida  shu  yurt  koriga  madad  bo’ladigan  avlodni  tarbiyalash  maqsadida  bir  qator  amaliy  tadbirlar  uzliksiz  ravishda  tashkil  etib  kelinmoqda. Bu  tadbirlarning  amalga  oshirilishida  esa  tabiiyki  “Kamolot”  YIH ning  o’rni  beqiyosdir.


   Xususan, “Kamolot” YIH  Samarqand  Qishloq  Xo’jalik  Instituti  boshlang’ich  tashkiloti  qoshida  tashkil  etilgan  bir  qator  to’garaklar  singari, “Munozara”  to’garagi  ham  o’z  atrofiga  faol  va  intiluvchan   yoshlarni  to’play  olgan.



Ayol borki olam munavvar

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

     Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi. Go’zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg’unlashib ketadi.


   8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami go’zal va betakror yurtimizga bahor nafasi  kirib kelganidan darak beradi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, xayot go’zal va maftunkor. Ayol azaldan mehr-muhabbat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda ko’z o’ngimizda avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi.


     Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot       sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan fazilatdir. Chunki ayollarni qancha ulug’lasak, xayotimizning chirog’i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo’lamiz. Shu kunlarda Respublikamiz bo’ylab birin-ketin ayollarimiz bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etimoqda.



Hisobot-saylov yig‘ilishi – yoshlarning chinakam bayrami

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

      Joriy yilning 5-mart kuni Samarqand qishloq xo‘jalik institutining katta majlislar zalida boshlang‘ich tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 160 nafar delegatdan 140 nafari ishtirok etdi. Yig‘ilishga oliy ta’lim muassasalarning boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ham taklif etildi.


      Yig‘ilishning belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tishini nazorat qilish maqsadida 5 kishidan iborat tarkibda yig‘ilish hay’ati shakllantirildi. Uning tarkibiga “Kamolot” YIH Samarqand viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari M.Usmonov, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 3-bosqich talabasi Qayumova Zilola, Agronomiya fakulteti magistranti Shamsiyev Anvar, Veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti 3-bosqich talabasi Xolbekova Mavsuma hamda Veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti 2-bosqich talabasi  Berdiyorov Nurbeklar saylandi.



Onalar bor, dunyo charog’on

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

     Ona – bu so’z shu qadar muqaddas va mo’tabarki uni tariflab, tafsiflab bo’lmaydi. Bu so’z xar bir tilda mexr-muxabbat  bilan  jaranglaydi. Ona yuksak ma’tonat  egasi, farzandining baxti deb, o’zining baxtidan kechgan, qalbida mexr barq urgan, farzandi deb dunyodan kechuvchi buyuk zot. 


   Onajonlar  bor  bu dunyo doim omon, boshimizda nur sochib turgan quyosh yanada yorqinroq charaqlaydi. Ona bizni  to’qqiz oy bag’rida ko’tarib, tug’ilgan onimizdan bebaxo mexrini berib, avaylab-asrab, qo’zichog’m deb erkalab, yuksaklarga ko’tarib ulg’aytiradi. Biz ulg’aysak xam ona uchun yosh go’dakdekmiz, ular  bizni erkalab suyib chaqiraveradi. Biz mukofatga yoki maqtovga erishadigan bo’lsak quvonchdan ko’ziga yosh olib, butun dunyoga quvonchidan jar solgisi keladi. Qo’ni-qo’shni, mahalla-kuyga maqtab o’g’lining shodligidan quvonadi. Ona bebaxo duru- gavxar uni xech narsaga qiyoslab bo’lmaydi. Opa-singillarimiz xam bir kun kelib albatta ona bo’lishadi,shunday ekan biz ayollarimizni doimo, xarvaqt asrab-avaylab, e’zozlab yurmog’imiz darkor.


 


Sumalak ko’ngillarni yaqinlashtiradi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

    Yurtimizda bahorning ilk nafaslari esib turgan bir paytda, benihoya ilxomlanib ketamiz. Shoirlar she’r yozishga, qo’shiqchilar qo’shiq aytishga, bo’g’bon boqqa, cho’pon toqqa, bobo dehqonlarimiz esa dalaga baraka urug’ni qadashga oshiqishadi.  Axir fasillar kelinchagi bahor, uning belanchagi navro’zi olam yaqinlashmoqda. Bu ayyomning kelishini sumalak bilan kutib olish qanchalik zavqli. Yurtimiz bo’ylab ayni kunlarda bahoriy taom sumalak sayillari birin ketin tashkil etilmoqda.         


   Xuddi shunday sumalak sayli Samarqand qishloq xo’jalik instituti “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan 21-22 fevral kunlari tashkil etildi.




Viloyat hokimining Samarqand qishloq xo’jalik institutiga tashrifi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

    21 fevral kuni Samarqand viloyati hokimi Z.T.Mirzaev, Samarqand viloyati prokurori B.A. Dexqonov va IIB boshlig’i F.B. Kuvondikovlar Samarqand qishloq xo’jalik institutining katta majlislar zalida institut professor-o’qituvchilari va talabalar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.


   Uchrashuvda dastlab yoshlarni turli yod g’oyalardan, diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishdek salbiy oqibatlardan saqlash maqsadida tayyorlangan hujjatli film namoyish etildi.


  Viloyat hokimi o’zining kirish so’zida yoshlarni har tomonlama yetuk, tanlangan mutaxassisliklari bo’yicha yetarli bilim va malakaga ega mutaxassis bo’lib yetishishlari uchun viloyatda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar haqida to’xtalib o’tdi. Shu bilan birgalikda viloyatimizda qishloq xo’jalik sohasidagi islohotlar to’g’risida, paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik, chorvachilik hamda boshqa sohalarda erishilayotgan natijalar to’g’risida batafsil ta’kidlab o’tildi. Ayniqsa oxirgi to’rt yil davomida viloyatimizda tashkil etilgan 6000 gektar zamonaviy, tomchilatib sug’orishga asoslangan intensiv bog’lar respublikamizda mavjud intensiv bog’larning 43 foizini tashkil etishi sohaga qaratilgan e’tiborning yorqin ifodasidir.


   Shu kabi ko’rsatkichlarni yaxshilashda, qishloq xo’jalik sohasidagi o’zgarishlarni yanada rivojlantirishda malakali kadrlarga, o’z sohasining yetuk mutaxassislariga bo’lgan talab nechog’lik yuqoriligi haqida ta’kidlandi.


Davra suxbati davomida institut talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


 



 



 



 



 



 


SamQXI “Kamolot” YIH boshlang’ich tashkiloti


yetakchisi A.Shamsiyev


 

Биз гиёҳвандликка қаршимиз

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

     10 феврал куни Институт катта мажлислар залида Қишлоқ хўжалигини механизациялаш ва маҳсулотларни қайта ишлаш факультети талабалари билан “Ёшлар орасида гиёҳвандлик воситаларининг тарқалишига қарши кураш ойлиги” давомида “Биз гиёҳвандликка қаршимиз” мавзусида тадбир ўтказилди.       


    Тадбир давомида талабаларга Ички ишлар ходимлари томонидан “Адашганлар қисмати” деб номланган видеофильм ҳавола этилди.



“Kamolot kubogi-2015”

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Илм-фан

   2015 yil 11-fevral kuni Samarqand qishloq xo’jalik instituti fakultetlari terma jamoalari o’rtasida  mini-futbol bo’yicha “Kamolot kubogi-2015” bo’lib o’tdi. Bu futbol uchrashuvini tashkil etishda Samarqand viloyati futbol federatsiyasining mini-futbol assotsatsiyasi hamkorligida o’tkazildi. Bunda  “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti, “Veterinariya-zootexniya va qorako’lchilik” fakulteti,” Agronomiya” fakulteti va “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va mahsulotlarni qayta ishlash” fakulteti  terma jamoalari o’zaro bellashishdi. G’oliblar “Kamolot” YoIH Samarqand shahar kengashi tomonidan  Diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Bunda 3-darajali Diplom bilan “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va mahsulotlarni qayta ishlash” fakulteti  terma jamoasi, 2-darajali Diplom bilan “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti terma jamoasi va 1-darajali Diplom bilan “Veterinariya-zootexniya va qorako’lchilik” fakulteti terma jamoalari taqdirlandi.


 



 



 



 



 


SamQXI “Kamolot” YoIH  b.t


 “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti yetakchisi


Shomurodov Doston